$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 28-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Positive-24-5-28

“MebelExpo Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi

Bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog‘ochsozlik. Mebel va butlovchi qismlar – MebelExpo Uzbekistan 2024” 20-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada 14 mamlakatdan 144 ta kompaniya yog‘ochsozlik va mebel, butlovchi qismlar, mebel kimyosi, furnitura, aksessuarlar, tayyor mebellar kabi mahsulotlarini taqdim etmoqda.  

Og‘ir atletikachilarimizning jahon chempionatidagi g'alabalari

Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yakunlangan jahon chempionati O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun har jihatdan omadli kechdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz vakillari 6 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Og‘ir atletikachilarimiz 20 ta vaznning 6 tasida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi. Qo‘lga kiritilgan sovrinli o‘rinlarga e’tibor qaratsak, terma jamoamizning 4 nafar sportchisi 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. Vakillarimiz ushbu natija orqali umumjamoada 7-o‘rindan joy oldi. Ochkolar klassifikatsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Xalqaro og‘ir atletika tasnifida 14-pog‘onaga ko‘tarildi.  

Navoiyda yangi loyihalarga start berildi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi bir qator loyihalar yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimi Normat Tursunov O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining yig‘ilishi doirasida Rossiyaning Chelyabinsk oblasti gubernatori Aleksey Teksler bilan uchrashdi. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimi Normat Tursunov O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining yig‘ilishi doirasida Rossiyaning Chelyabinsk oblasti gubernatori Aleksey Teksler bilan uchrashdi. Viloyatda 251 million dollarlik Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi maxsus sanoat parki va “Oriks” kompaniyasi tomonidan 140 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash loyihalariga start berildi.  

“Rally Muynak – 2024” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

Mo‘ynoq tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Rally Muynak – 2024” avtoralli bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. Uch kun davom etgan chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalaridan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.