$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 24-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Day 24-may

Jamoat transporti yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar

Bugungi kunda jamoat transporti muntazam ravishda zamonaviy avtobus va elektrobuslar bilan yangilab borilmoqda. Tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida shahar jamoat transportiga mo‘ljallangan avtobuslar sotib olishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etildi. Sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida jamoat transporti yetib bormagan 1 081 ta aholi punkti muntazam transport qatnovi bilan qamrab olindi.

“Kino — kelajakning nurli yoʻli” ijodiy forumi

Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida oʻzbek kinoijodkorlarining “Kino — kelajakning nurli yoʻli” ijodiy forumi boʻlib oʻtdi. Unda 400 dan ortiq kino sanʼati vakillari ishtirok etdi. Jumladan, Oʻzbekiston xalq artistlari Rajab Adashev, Yodgor Sadiyev, Gavhar Zokirova, Tesha Moʻminov kabi sanʼat dargʻalari, shu bilan birga, Qamara Kamalova, Elyor Ishmuhammedov, Ali Hamroyev, Hamidulla Hasanov, Zulfiqor Musoqov, Dilmurod Masaidov, Muzaffarxon Erkinov kabi rejissyorlar, dublyaj aktrisasi Mukambar Rahimova, taniqli kino aktyor va aktrisalar, mutaxassislar qatnashdi.

Nurxon Qurbonova yana jahonda tengsiz

Yaponiyaning Kobe shahrida davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz medallari soni yana bittaga ko‘paydi.

Bundan biroz avval ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 20.73 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Nurxon o‘tgan yili Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham ushbu yo‘nalishda oltin medal va “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.  

O‘zbekiston – Rossiya: ta’lim sohasida hamkorlik

Bundan ikki yil muqaddam Jizzax viloyatida Qozon federal universiteti Jizzax filiali ish boshlagan edi. 

Universitet filialida ayni paytda geologiya (neft va gaz konlari geologiyasi), dasturiy injiniring, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, iqtisodiyot, davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, tibbiy biokimyo, jurnalistika, tilshunoslik kabi 11 ta bakalavriat ta’lim hamda ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.  

Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik timsollaridan bo‘lgan QFU Jizzax filiali tashkil topganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, viloyatdagi yetakchi oliygohlar qatoridan joy olgan.