$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 21-mayning eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-5-21

Eron uchun hamdardlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Eron Islom Respublikasining elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi. Davlatimiz rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy ta’ziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.

WADA O’zbekistonda

22-may kuni Toshkentda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yig‘ilishi boshlanadi. Bugun, 21-may kuni mazkur anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka tashrif buyurdi.

Ikki davlat yetakchilari telefonda aloqaga chiqishdi

21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ishga joylashishda qo’shimcha kafolat kimlar uchun?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida fraksiya a’zolari “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi. Mazkur loyiha bilan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar oladigan shaxslar toifasiga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar bilan birga endilikda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar ham kirishi nazarda tutilmoqda.