$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 18-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 18

Oliy Majlisi Senatining 52-yalpi majlisi

Videokonferenslaoqa shaklida o‘tayotgan majlisda senatorlar, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.  

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib olib borayotgan yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilinadi.  

Malayziya bosh vaziriga Buxoriy asarlari hadya qilindi

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur markaz olimlari tomonidan buyuk allomalarimiz ilmiy merosi tadqiq etilib, ularning asarlari chop etilmoqda. Oliy martabali mehmonga markaz tomonidan tayyorlangan kitoblar haqida ma’lumot berildi va Imom Buxoriyning asarlari sovg‘a qilindi.

Samarqand bahslarining ilk g‘olibi ma’lum bo‘ldi

Samarqandda o‘tayotgan “World Triathlon Cup Samarkand-2024” va “World Triathlon Para Cup Samarkand-2024” musobaqalarining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlari yakunlandi.

Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, jahon chempionatlaridagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, jahon reytingida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi bahslarda germaniyalik Lena Maisnir g‘oliblikka erishdi. 

Buyuk britaniyalik Jessika Fuligar va shvetsiyalik Tilda Mensan keyingi o‘rinlarni egalladi.

Sportda korrupsiya kamaytiriladi

Sportda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan normalarni qonunchilikka kiritish zarurati tufayli “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi.

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olgani yoki mulkiy manfaatdor bo‘lgani, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.