$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 11-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 11

O‘zbekiston sport delegatsiyasi OOK Bosh assambleyasida

11-may kuni Tailandning Bangkok shahrida Osiyo olimpiya kengashining 43-Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli sport anjumanida Osiyo olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov boshchiligidagi O‘zbekiston sport delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Osiyo olimpiya kengashining amaldagi rahbari Raja Singx va OOK Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlar davomida “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari haqida so‘z bordi.

Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining ordeni bilan taqdirlandi

Uzoq yillar qitʼamizda Olimpiya harakati rivojiga hissa qoʻshgan mutasaddilarga OOKning eng nufuli sovrini – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.

Ahamiyatlisi, ulardan biri Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovga tantanali ravishda taqdim etildi. Oybek Omilovich mukofotni Raja Randxir Singxdan qabul qilib oldi.

“Uzbekistan Airways”ning yangi samolyoti

8-may kuni Toshkent shahri xalqaro aeroportining mahalliy havo qatnovi terminaliga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining 24-Airbus A320neo havo kemasi kelib qo‘ndi. UK32029 raqami bilan ro‘yxatga olingan Airbus A320neo Tayvandan olib kelindi. Aeroport va aviakompaniya xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari yangi havo kemasi va ekipajini suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olishdi.

Aqidaxon Axtamova jahon kubogi sohibasi

Para pauerlifting bo‘yicha Tailandda davom etayotgan jahon kubogida ayollar o‘rtasida -50 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Aqidaxon Axtamova 104 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Pattayya shahrida o‘tayotgan jahon kubogi bugun, 11-may kuni yakunlanadi.