$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 1-mayning eng muhim voqealari dayjesti

1-may dayjest

Olimpiya oʻyinlarida o'zbek hakami

Hamyurtlarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida nafaqat sportchi, balki hakam sifatida ham ishtirok etishadi. Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan boʻlajak Olimpiya oʻyinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlar orasida hamyurtimiz ham bor.

Unga koʻra, sport gimnastikasi boʻyicha xalqaro toifadagi hakam Ravshanbek Mirzayev Parij-2024 bellashuvlarida dunyoning eng kuchli atletlari ishtirokidagi bahslarni baholab boradi.

 45 ta bitimga erishildi

Toshkentda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 

Ko‘rgazma doirasida savdo-sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan 45 bitim imzolandi. Biznes dasturi doirasida 20 mavzu bo‘yicha sessiya o‘tkazildi. Hududlararo hamkorlik kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi. Rossiya va O‘zbekiston ta’sis subyektlari rahbarlari muhim qo‘shma loyihalar haqida so‘z yuritdi. Ishbilarmon doira vakillari va ekspertlar e’lon qilingan tashabbuslarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qildilar.

Suvi bilan ta’minlanganlik darajasi ko'tariladi

Joriy yilda davlat byudjetidan ajratilgan 1 trillion 94 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 68 ta ichimlik, 21 ta oqova suv obyektlarini qurish, 861 km. ichimlik va 201 km. oqova suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan.  

Parlament so‘roviga kelgan javobda keltirilishicha, 2024-yilda qiymati 256,7 million dollar bo‘lgan 4 ta yirik loyihani boshlash rejalashtirilgan. Natijada yil yakuni bilan aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizdan 81 foizga yetkaziladi.  

Buxoro shahrining yangi hokimi

Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashganligi munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan. 

Viloyat hokimi Jamol Nosirovni Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. 

Ayni vaqtga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Ibragimovich Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.



Теги :
Jamiyat