$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 30-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

day 30-aprel

“Miraki” – “Turizm mahallasi”

Shahrisabzda o‘tkazilgan xalqaro tadbir doirasida IHT kotibiyati va tashkilotga a’zo davlatlar rasmiylari hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida hududning o‘ziga xos turizm maskanlari bilan tanishtirish maqsadida info-tur tashkil etildi.

“Miraki” mahallasida o‘tkazilgan turizm taqdimotida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husrav Noziri ham ishtirok etdi. Unda mahallaning turizm imkoniyatlari ko‘rib chiqildi va belgilangan talablarga muvofiq, “Miraki”ga “Turizm mahallasi” maqomi berildi.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridan 35 km uzoqlikda joylashgan Miraki turizm mahallasi 2023-yilda 800 mingga yaqin xorijiy va mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatgan.

Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy

2024-yil 1-maydan boshlab Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. 

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14-sonli farmonida nazarda tutilgan.

Qog‘ozbozlikka qarshi kurash

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida saqlanayotgan 60 milliondan ortiq qog‘oz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi va axborot tizimlariga kiritildi.  

Fuqarolar tomonidan ayrim vakolatli tashkilotlarga taqdim etiladigan hujjatlarning axborot tizimi orqali olinishi yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida esa 2023-yilda 20 tonnadan ortiq qog‘oz hamda 21 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ tejaldi

G‘aznaviylar davrida zarb etilgan tanga

Denov tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashaydigan Davron Amirov Surxondaryo viloyat madaniy meros boshqarmasiga hovlisida turli sopol parchalari va boshqa buyumlar qoldiqlariga tez-tez duch kelayotganini ma’lum qilib, o‘tgan yili tomorqasi atrofidan devor qurayotganida bir nechta qoramtir rangli va ikki dona sariq rangli tanga topib olganini bildirgan.

Olimlar hovlidan topib olingan qoramtir va sariq tangalarni maxsus tozalab, o‘rgangach, X-XI asrlarga oid ekanini aniqladi. Ulardan biri G‘aznaviylar davlati hukmdori Ma’sud G‘aznaviy G‘azna shahrida hijriy 429-yilda zarb etgan tanga ekani ma’lum bo‘ldi.  

Теги :
Jamiyat