$
 12675.00
4.95
 13616.75
56.0
 138.36
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 25-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 25-aprel

O‘zbek siyosatshunos xalqaro miqyosda tan olindi

Siyosatshunoslik fanining Markaziy Osiyodagi yetuk vakili, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi siyosiy fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash raisi, professor Shukritdin Paxrutdinovning yana bir ilmiy-taqiqoti xalqaro miqyosda tan olindi.

Ushbu monografiyada dunyoviy taraqqiyotga xavf-xatar va tahdidlarning yuzaga kelishi omillari, jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, bartaraf etish haqida bo'lib, mazkur monografiyasida “Tahdidbardosh jamiyat” tushunchasining ilmiy tavsifini birinchi marotaba yoritganligi sababli, xalqaro miqyosda uning muallifi sifatida tan olindi va tasdiqlandi.

So‘nggi uch oyda eng ko‘p sotilgan mahsulotlar

Ro‘yxatning boshida metan gaz o‘rin olgan bo‘lsa, quyi pog‘onalarda shakar va propan gaz joy olgan.

Metan gaz – umumiy realizatsiya summasi 3,4 trln., benzin AI-80 – 2,6 trln. so‘mga sotilgan. Avia chipta (xalqaro) – 2,3 trln. so‘m, benzin AI-92 – 1,2 trln. so‘m, 1-navli bug‘doy uni – 1,1 trln. so‘m, uyali telefonlar – 638,3 mlrd. so‘m, fast-fud – 613 mlrd. so‘m, kungaboqar yog‘i – 543,1 mlrd. so‘m, asosiy go‘shtli taomlar – 470,2 mlrd. so‘mga sotilgan.  

60 ming gektar yer maydoni yoshlar uchun

Prezidentning shu yil 6-apreldagi «Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan 2024-yilda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydonini elektron onlayn auksion orqali yoshlarga ijaraga berish belgilangan.

Xususan, «Temir daftar», «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oilalar farzandi, «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari», «Mehr daftari»ga kiritilgan yoshlar, oilasi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro, huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilgan, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan qaytgan yoshlarga yer ajratilishi nazarda tutilgan.

2 ta oltin va 1 ta bronza medallari

Xabar berganimizdek, bugun BAAning Dubay shahrida yengil atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Musobaqaning birinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

Dastlabki oltin medalni balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz 1.83 metr natija bilan qitʼa chempionligini rasmiylashtirdi. Ushbu dasturda qatnashgan yana bir atletimiz Emiliya Rudina 1.74 metr bilan bronza medaliga ega chiqdi.

Теги :
Жамият