$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 17-martning eng muhim voqealari dayjesti

3 17

Osiyo chempionatiga mezbonlik qilamiz

23-30-aprel kunlari O’zbekiston xokkey bo’yicha 18 yosh toifasifagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston terma jamoasi Rossiyaning Qozon shahriga yo’l oldi.

Ta’kidlash joiz, ushbu yosh toifasida hozirgi chempionlar O’zbekiston terma jamoasi hisoblanadi.

Yosh atletlar bir joyga jam bo‘lishdi

Toshkentdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida langar cho’pga tayanib sakrash bo’yicha kattalar va 18 yoshgacha bo‘lgan atletlar orasida chempionat o’tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 18 yoshgacha bo’lgan qizlar orasida Dodarho Ibrohimova 2,30 metr natija bilan mamlakat chempioniga aylangan bo’lsa, o’g’il bolalar orasida Abdutolib Komilboyev 3,10 metr balandlik bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

“Suv tekin emas” 

Butunjahon suv kuni munosabati bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida anjuman bo’lib o’tdi.

2023-yilda bo’lib o’tgan “Suv tekin emas” tanlovining mantiqiy davomi shaklida tashkil etilgan “Suv tekin emas - 2” videoroliklar tanlovining taqdirlash marosimi ham shu joyda o’tkazildi.

Tanlovga 100 ga yaqin videomaterial kelib tushgan.

Milliy an’analar davom etmoqda

Qoraqalpog’iston ayollari azaldan kashtachilik bilan shug’ullanib kelishgan. 

Nukuslik Nesibeli Daljanova ham an’analarni rivojlantirib, kelgusi avlodlarga yetkazishda jonbozlik ko’rsatayotgan mahorat sohibalaridan.

“Hunarmand” uyushmasi a’zosi Nesibeli Daljanova bir necha yillardan buyon qoraqalpoq xalq milliy liboslari tikish, “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z hunari sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish bilan shug‘ullanadi.  

Hunarmandlik namunalari bilan esa ko’plab festivallarda ishtirok etib kelmoqda.