$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 21-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

2 21

Sayyohlarning 2023-yilgi oqimi

2023-yilda turizm sohasida sezilarli o’sish yuz berdi. O’zbekistonga turistlik maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni 7 millionga yaqin bo’ldi. Bundan tashqari, ularning O’zbekistonda qolish muddati 4 kungacha uzaydi, bu 2022-yilga nisbatan 1,3 barobar ko’proq. So’nggi yillarda qo’shni mamlakatlardan tashqari, Arab davlatlari va Xitoydan turistlarning kelishi kamida 4 barobarga oshdi.

Tayinlov

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Ulug‘bek Aslonovich Xamdamov Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U. Xamdamov tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri prokurori lavozimida ishlab kelgan. Buxoro viloyati prokurori vazifasida ishlab kelgan Mahmud Istamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.  

Vohalik bolalar uchun ajoyib yangilik

“O‘zbekiston-2030” strategiyasining navbatdagi yil uchun dastur doirasida maktablarga qatnab o'qiydigan o'quvchilar uchun bepul avtobuslar yo'lga qo'yilishi mumkin. Yoshlarni ta'limda moddiy va ma'naviy, ya'ni o'qituvchi kadrlar bilan yaxshi ta'minlash muhim masaladir. 

Davlat tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21 fevral kuni “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasida ilk bor tashkil etilayotgan va 21 fevral – 3 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak O‘yinlari” sportning an’anaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan musobaqadir.

Bu musobaqada O'zbekiston jamoasi ham ma'lum yo'nalishlarda qatnashadi. Kiber o'yinlar va sport musobaqalari jadallik bilan rivojlanmoqda.