$
 12610.17
-9.84
 13526.93
4.59
 135.24
-0.5
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

2 20

Yetimlar boshini silash

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bunda yetim va ota-ona qaramog'isiz bo'lgan yoshlarni uy-joy bilan ta'minlash tizimini ko'rib chiqish va 1-iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar bolaga uylar topshirish aytildi.

Imkoniyati cheklangan, ammo jamiyatdan emas

Imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bog'chadagi ta'lim dasturi qayta ko'rib chiqiladi va nogironligi bo'lganlar uchun Sportni rivijlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi.

Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shug‘ullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini o‘tkazib boradi.

Islohatlar uchun 246,2 mln. dollar kredit

19-fevral kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xatori Takashi va O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov “Barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida 246,2 mln dollar miqdorida kredit ajratish bo‘yicha almashuv notalarini imzoladi.

Senatda o'zgarishlar

O‘zbekistonda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi. Shuningdek, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berilishi belgilandi.

Nukusdan Istanbulga qatnov yo‘lga qo‘yiladi

1-apreldan Nukusdan Istanbulga aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

Bunda Istanbul — Nukus — Toshkent va Samarqand — Nukus — Istanbul yo‘nalishlarida parvozlar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, yangi xarid qilinayotgan L-410 rusumli samolyotlardan bir donasini Qoraqalpog‘istonga ichki reyslar uchun ajratilishi rejalashtirilmoqda.