$
 12620.01
-42.0
 13522.34
-71.59
 135.74
-1.91
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 18-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

2 18

Xumoyun Sultonov finalda 

Portugaliyada tennis bo‘yicha o‘tayotgan xalqaro turnirning yakkalik bahslarida yurtimiz vakilining qo‘li baland kelmoqda. Musobaqada Xumoyun avvaliga 1/4 finalida ispaniyalik Karlos Lopes Montagudni 7:6, 5:7, 7:6 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa braziliyalik Karue Sellni 6:3, 6:0 hisobida yengdi va finalga yo’l oldi. Final bosqichida Martin Landalusega qarshi kortga chiqilishi kutilmoqda.

Yosh jurnalistlar uchun sovg’alar

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati qoshidagi “Mahorat maktabi” tinglovchilari uchun seminar-tening o’tkazildi va tadbir avvalida mazkur maktabga O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan proyektor, proyektor uchun ekran va doska topshirildi.

Kun tarixi

18-fevral sanasida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi bilan diplomatik aloqa o’rnatilgan.

Buyuk Biritaniya - konstitutsion monarxiya, qirol yoki qirolicha boshqaradi.

Ko’chib yuruvchi hayvonlarni asrash

Samarqand kongress markazida BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini asrash bo’yicha konfirensiyaning 14-yig’ilishi yakunlandi.

Bir hafta davom etgan forumda 130dan ortiq davlat vakillari, vazirlar, BMT va boshqa xalqaro tuzilma rahbarlari, ekspertlar ishtirok etishdi va kelgusi reja va vazifalar belgilab olindi.

Germaniyada shohsupaga erishgan sportchilarimiz

Germaniya para dzyudo bo’yicha “IBCA” xalqaro Gran-pri turniri o’tkazilmoqda va uning ilk bahslarida 73 kg. vazn toifasi bilan Feruz Sayyidov kumush medali, ushbu vazn toifasida yana bir sportchimiz Uchqun Qurbonov bronza medalini qo’lga kiritdi.