$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2024-yil 6-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

6-dekabr

Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdda Toshkentdan Xojikentga bordi

Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd yo‘lga qo‘yilgandi. Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni ushbu poyezdga chiqib, harakatlanishi va qulayliklarini ko‘rdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, vagonlar shinam va yorug‘, yo‘lovchilar uchun qulay. O‘rindiqlar soni 586 ta. Ma’lumot tablolari va yong‘in xavfsizligi tizimi o‘rnatilgan. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi. Har bir tarafga kuniga uchtadan qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Safar chog‘ida davlat rahbari temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, temiryo‘llarni elektlashtirish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlarini tingladi.

Toshkent va Xojikent oralig‘idagi temiryo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga ko‘rsatma berildi. Yo‘nalishdagi egri qismlarni to‘g‘ri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirish va ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish topshirildi.

Toshkent va Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Vaqtinchalik qo‘shimcha qatnov 15-31 dekabr va 3-12 yanvar kunlari oralig‘ida, haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.

“Temiryo‘lekspress” ma’lum qilishicha, ushbu yo‘nalishdagi qo‘shimcha poyezd yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15—31 dekabr kunlari hamda 2025 yilning 3—12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd jadvali quyidagicha:

775-sonli Samarqand —Toshkent yo‘nalishi: Samarqanddan jo‘nash soat 10:55 da — Toshkentga yetib borish soat 13:15 da;

776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkentdan jo‘nash soat 13:56 da — Samarqandga yetib borish soat 16:14 da.

O‘zbekistonda “baland piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi joriy etiladi

Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda yo‘l yotiq chiziqlarini o‘rnatish zarur bo‘lgan joylar ro‘yxatini tasdiqlashi belgilanmoqda.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30-noyabrdagi “Yo‘l harakati qoidalariga piyodalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Baland piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi joriy etilmoqda.

Qarorga muvofiq, endilikda shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida, turar joy dahalaridagi ko‘rinish cheklangan chorrahalarda, bolalar maydonchalari hamda ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘l uchastkalarida, ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam ko‘p to‘planadigan joylarda, ko‘chalarning 1.21. “Bolalar” yo‘l belgisi ta’siridagi qismlariga “Baland piyodalar o‘tish joylari” yo‘l belgisi hamda yo‘l yotiq chiziqlari o‘rnatiladi.

2025–2026-yillar uchun belgisini o‘rnatish zarur bo‘lgan joylar ro‘yxatini tasdiqlanishi kutilmoqda

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov yangi lavozimni egalladi

SSV sobiq rahbari Anvar Alimov Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Anvar Alimov 1978-yilda hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Turli yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida dekan, Prezident devonida konsultant, yetakchi konsultant, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri (2012—2016-yillar), Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov tayinlovga qadar Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Botirbek Isabekov Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘zbekistonda issiqlik va issiq suv tariflari 2025-yilda qanchaga oshirilishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston issiqlik va issiq suv tariflari 2025-yil davomida 2 marotaba oshirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev ma’lum qildi.

Ilhom To‘rayevning aytishicha, joriy yil davomida viloyatlarda bir marotaba va poytaxtda esa ikki marotaba tarif narxlari oshirilgan.

Keyingi yildan tarif narxlari viloyatlarda ham ikki marotaba oshadi. Chunki to‘lovlarni davlat tomonidan qoplab berishda juda katta subsidiya bor. Subsidiyadan qutilish va tizimni yangilash uchun biz narxlarni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Bunda nafaqat narxlarni, to‘lov tizimni ham qayta ko‘rish lozim.

To‘lov tizimlari bo‘yicha Koreya va qo‘shni davlatlar tajribasini o‘rganib chiqdik. Ko‘pchilikda “Men uyda yashamasam, issiqlikka to‘laymanmi yoki to‘lamaymanmi?”, degan savol tug‘iladi. Koreyada telefon abonent to‘lovi kabi tizimdagi hamma narsa to‘lov xizmat ilovalari orqali to‘lanadi. Lekin uyning minimal issiqligini saqlab turish uchun abonent to‘lovi olinadi. Biz tarif siyosatini to‘g‘ri yuritsak, o‘shanda narxlarni oshish yoki oshmasligi hal bo‘ladi, dedi vazirlik mas’ul xodimi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2025-yilda tariflar ikki marta — o‘n besh foizdan oshishi mumkinmi.