$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2024-yil 28-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

dayjest

Toshkent metrosining 12ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash imkoniyati yaratildi

Toshkent metrosida “MyID Palm” kaft rasmi bo‘yicha to‘lov tizimi ishga tushirildi. Yo‘lovchini biometrik identifikatsiya qilish uchun kaftdagi tomirlar hosil qilgan rasmni skanerlash texnologiyasi qo‘llaniladi. Tizim mahalliy ishlab chiquvchilar tomonidan Transport vazirligi, “ATTO” transporti to‘lov xizmati va “Octobank” bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ishlab chiquvchilar foydalanuvchi ma’lumotlarini ishonchli himoya qilishni va’da qilishmoqda. Texnologiya ruxsatsiz kirish va biometrik profillarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaydi, deya ta’kidlanadi xabarda.

“MyID Palm” skanerlari Chilonzor liniyasining “Olmazor"dan “Buyuk ipak yo‘li"gacha bo‘lgan 12ta yer osti stansiyasida sinov rejimida ishlamoqda. Yaqin vaqt ichida tizim qamrovi barcha stansiyalarga kengaytirilishirejalashtirilgan.

Tizimdan “ATTO” transport kartasi va o‘rnatilgan servis ilovasi bo‘lgan smartfon mavjudligida foydalanish mumkin. Buning uchun biometrik profil yaratish va ular mavjud bo‘lgan metro bekatlaridan birida infokioskda kaftlarni skanerlash talab etiladi. Bundan tashqari, “Octobank” mobil ilovasida “MyID Palm” funksiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Uning foydalanuvchilari yo‘l haqini to‘lash uchun istalgan bank kartasini ulashi mumkin.

Jizzax viloyatining hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi 

Yaqinda vazir o‘rinbosarligiga tayinlangan Zafar Azimov viloyat hokimining iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. Muqaddam Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lgan Zafar Ro‘ziyev viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Jizzax viloyati hokimining iqtisod va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Zafar Abdumajidovich Azimov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U muqaddam “Xalq banki” boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2024 yil 11 dekabrda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. U bu lavozimda ikki haftadan ortiqroq ishlab, yangi ishga o‘tkazildi.

Shuningdek, Zafar Sharopovich Ro‘ziyev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

U 2013–2019 yillarda Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan, keyinroq Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

O‘zbekistondan Britaniyaga eksport hajmi 105 foizga oshdi 

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish tartiblariga bag‘ishlangan onlayn trening tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston viloyatlari hokimliklarining eksportga mas’ul bo‘lgan bo‘linmalari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mas’ullari hamda yetakchi eksportyorlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga Britaniyaga eksport qilish jarayonida tarif va notarif to‘siqlarni yengib o‘tish, tovarlarni o‘rash, qadoqlash, belgilash (markirovka), sertifikatlashtirish, havo va avtomobil transporti bilan tashish va boshqa talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

2024-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistondan Britaniyaga eksport hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 105 foizga oshdi va 133,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. Joriy yilda ilk bor eksport ko‘rsatkichlarining o‘sishi va importning kamayishi kuzatildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston korxonalari tomonidan 30 xil turdagi mahsulotlar Buyuk Britaniyaga eksport qilinmoqda.

O‘zbekiston Qozog‘istonga 34 ming tonnadan ziyod olma eksport qilgan

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga kora, O‘zbekiston 2024 yil yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 14,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 44 114ming tonna olma eksport qilgan, deb xabar beradi Kazinform. O‘zbekiston 2024 yilning 11 oyida eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston — 34 309 tonna;

Rossiya — 5 719 tonna;

Qirg‘iz Respublikasi — 3 730 tonna;

Tojikiston — 128 tonna;

Mo‘g‘uliston — 80 tonna;

Boshqa davlatlar — 148 tonna.

Теги :
Jamiyat