$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2024-yil 19-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

dayjest

Pensiya jamg‘armasiga yangi rahbar tayinlandi

Murodbek Atajanov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u 2023-yil avgustidan buyon vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

2019-yil sentyabridan Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimida Bahrom Ashrafxonov ishlab kelayotgandi. U 2020-yilda lavozimidan ozod etilib, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi etib tayinlangandi.

Turk dunyosida yagona media platformasi yaratiladi

Bugun Toshkentda Turk davlatlari tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar axborot sohasi vazirlari va yuqori martabali mansabdorlarining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yagona axborot va media makonini shakllantirish masalasi muhokama qilindi.

TDTga a’zo davlatlar “Turkiy dunyo nigohi – 2040” konsepsiyasi va “Turkiy dunyo xartiyasi” doirasida televideniye, axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalarining institutsional hamkorligi asosida birlashgan media platformasi yaratishni maqsad qilgan. AOKA direktori Asadjon Xodjaev bu tashabbusning ahamiyatini ta’kidlab, yoshlarga xolis va samarali axborot yetkazish zarurligini qayd etdi.

Yig‘ilishda TDTning 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘nalishlarini belgilovchi Harakatlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, navbatdagi 7-yig‘ilish va ishchi guruhning 12-yig‘ilishini Bokuda o‘tkazish bo‘yicha Ozarbayjonning taklifi bir ovozdan ma’qullandi.

O‘zbekistonning yetti tabiiy obyekti UNESCO ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekistonning milliy tabiiy meros obyektlari UNESCOning dastlabki nominatsiyalar ro‘yxatida yangilanib, yangi obyektlar bilan boyitildi. Hisor, Shohimardon tog‘lari, Sarmishsoy petrogliflari va Boysun makoniga oid ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro mezonlarga mos ravishda yangilandi. Shuningdek, dastlabki ro‘yxatga Ko‘hitang tog‘i va Nurota tog‘ tizmalari yangi tabiiy meros obyektlari sifatida kiritildi. Mazkur nomzodnomalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tayyorlanib, UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya orqali taqdim etilgan. Ular UNESCO Butunjahon merosi markazi tomonidan yuqori baholanib, O‘zbekiston nomiga minnatdorlik maktubi yuborildi. Tabiiy va madaniy meros obyektlarining xalqaro ro‘yxatga kiritilishi mamlakatimiz tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘lib, O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish va milliy tabiat yodgorliklarini jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib qilishda ulkan ahamiyatga ega.

O‘zbekistonda kosmik faoliyatni tartibga soluvchi qonun qabul qilindi

Senatning yalpi majlisida “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Qonunda kosmik texnologiyalarni Yerni tadqiq etish, davlat monitoringi, sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi, ekologiya, mudofaa va xavfsizlik sohalarida qo‘llashga oid strategik yo‘nalishlar belgilandi.

Shuningdek, kosmik faoliyatni amalga oshiruvchi mas’ul organlar vakolatlari, koinotdan foydalanishning ekologik xavfsizligi va xalqaro hamkorlik masalalari ham qamrab olingan. Senatorlar qonunni milliy kosmik tadqiqotlar rivojida tarixiy ahamiyatga ega hujjat sifatida e’tirof etdilar.

Теги :
Jamiyat