$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 9-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

dayjest

Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi

“Avvalo, o‘z hayotini inson salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz azizlar – fidoyi shifokor va hamshiralarni, soha faxriylarini kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchamiz yaxshi tushunamizki, el-yurt salomatligi — jamiyatning bebaho boyligidir. Tinchlik va sog‘liq bo‘lgan joyda albatta o‘sish va o‘zgarish, baxtli va farovon hayot bo‘ladi.

Shu ma’noda, Yangi O‘zbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, ularga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.

Keyingi yillarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli sog‘liqni saqlash tizimida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Barcha ijtimoiy xizmatlar qatori tibbiyotni ham xalqimizga yanada yaqin qilish uchun malakali davolash va profilaktika tizimini xonadonlargacha olib kirish choralari ko‘rilmoqda.

Hech shubhasiz, tibbiyot sohasidagi yutuqlarimiz xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani barchamizni quvontiradi. Bolalar milliy tibbiyot markazi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgani, Xirurgiya markazida xalqaro sifat standartlari joriy etilgani, mamlakatimiz gepatit V ga qarshi kurashishda mintaqaviy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishgani tasdiqlangani shular jumlasidandir.

“Muxtasar aytganda, tibbiyotni yanada xalqchil sohaga aylantirish, odamlarni ushbu tizimdan rozi qilish masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda muqaddas qasamyodiga sodiq siz, zahmatkash va olijanob tibbiyot xodimlari o‘zingizni ayamasdan, boy bilim, mahorat va tajribangizni safarbar etasiz, deb ishonaman.

Buyuk Ibn Sino bobomiz an’analarining munosib davomchilari bo‘lgan siz, azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman”, deyiladi prezident tabrigida.

 Afruza Hamdamova shaxmatda ikki karra jahon chempioni bo‘ldi

Braziliyada o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha uchta yosh toifasidagi jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar musobaqasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan avval jahon chempioniga aylandi.

Afruza musobaqaning 10-turida hindistonlik Mrittika Malikka qarshi qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, g‘alaba qozondi. Shaxmatchimiz o‘tgan 10 ta uchrashuvdan faqat bittasida durang o‘ynadi. 

Bugun jahon chempionimiz so‘nggi 11-turda oq donalarda qozog‘istonlik Zarina Nurgaliyevaga qarshi bahs olib boradi. Ayni bamda A.Hamdamovada 9,5 ochko bo‘lsa, kuchli uchlikdan joy olgan germaniyalik Charis Peglau va Zarina Nurgaliyeva hisobida 7,5 ochko bor.  

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Hamdamova Italiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, ayollar orasida o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioniga aylangan edi. 

 MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

Otabek Salmanov MIBning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Ayubxon Alimov esa Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘iga muvofiq, Salmanov Otabek Bahodirovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi MIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Salmanov 1982-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2009-yilda Sud ijrochilari Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bo‘limi sud ijrochisi sifatida boshlagan. 2014-yilda esa Sud departamentining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2017-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Mazkur tayinlovga qadar u Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Bosh prokurorning buyrug‘iga ko‘ra, Alimov Ayubxon Alimovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Alimov 1981-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2007-yilda Sud ijrochilari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman bo‘limi sud ijrochisi sifatida boshlagan.

2018-yildan buyon Byuro organlarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2021-yilda Dang‘ara tumani va keyinchalik Qo‘qon shahar bo‘limlari boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Mazkur tayinlovga qadar u Byuroning Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

 MMA bo‘yicha jahon chempionati g‘oliblari aniqlanadi

Poytaxtimizda MMA bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida 11 nafar hamyurtimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

"Humo Arena" majmuasida o‘tgan yarim final bellashuvlarida Firdavs Atamuradov (52.2 kg), Qarshi Usmonov (52.2 kg), Jamshid Tillayev (61.2 kg), Zafarjon Asatov (65.8 kg), Zafar Rashidov (65.8 kg), Sarvarbek Hasanov (83.9 kg), Mirjalol O‘rolov(97 kg) va Asrorbek Anvarjonov (97 kg) erkaklar o‘rtasida finalga chiqdi. Ayollar bahsida Muzayana Sadriddinova(65.8 kg), Mahliyo Abdumannopova (74.8 kg) hamda Xurshidaxon Roziqova (79.4 kg) oltin medallar uchun kurashadigan bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, bugun jahon chempionati final bahslari bo‘lib o‘tadi.