$
 12809.05
22.07
 13765.89
12.21
 130.56
0.29
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 8-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

811.

Joriy kuz mavsumida 7 500 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan

AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda qurilish materiallari sohasida ekologik nazorat yuzasidan ma’lumot berildi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan xavflilik darajasi 1-toifaga mansub ishlab chiqarish korxonalari tomonidan avtomatik stansiyalar va statsionar kuzatuv punktlarini o‘rnatish muntazam monitoring qilib borilmoqda. Shuningdek, sement korxonalarining atrof muhitga tashlamalari va ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha doimiy o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Sement zavodlaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan changlarni kamaytirish va sanitariya me’yorida bo‘lishini ta’minlashda yengichali filtr, elektrofiltr va boshqa turdagi texnologik chang-gaz tozalash uskunalari qo‘llaniladi. Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75% dan 99% gacha tozalash samaradorligiga ega. Shu bilan birga sanoat korxonalarida “Yashil belbog‘lar” barpo etish dasturi doirasida 2024-yil bahor mavsumida 15 ta yirik korxonalari atroflariga 67,22 gektar yer maydoniga jami 115 090 tup ko‘chatlar ekildi.

“Yashil makon” umumilliy loyihasi bo‘yicha joriy yilda kuz mavsumida 7 500 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Bu esa zararli tashlamalarni kamaytirish, sanoat korxonalarining tutash hududlar ekologiyasiga ta’sirini pasaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

2025-yil yakuniga qadar 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari quriladi

O‘zbekistonda 2025-yil yakuniga qadar 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari quriladi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yilning 1-fevralidan boshlab, quvvatlantirish stansiyalari quyidagi turdagi obyektlarda o‘rnatiladi:

davlat organlari;

savdo va biznes markazlari;

koʻngilochar va dam olish maskanlari;

avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari;

mehmonxonalar;

xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi infratuzilma obyektlaridagi avtoturargohlarda.

Bunda, avtoturargohlarning kamida 5 foizi (lekin, bitta joydan kam boʻlmagan holda) quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun ajratiladi. Shuningdek, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar hududida, shu jumladan, koʻp kvartirali uy- joylar avtoturargohlarida eng yuqori quvvati 22 kVt boʻlgan stansiyalar o‘rnatiladi. Stansiyalarni oʻrnatish joylari “K- SAVDO ” AAT orqali elektron onlayn-auksionga chiqargan holda ijaraga beriladi. Stansiyalar oʻrnatiladigan hududlar 120 oygacha foydalanish huquqi asosida auksion orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.

O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi

6-noyabr kuni Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi (QS Quacquarelli Symonds) Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingining o‘n oltinchi yillik nashri – QS Asia University Rankings 2025 ni e’lon qildi.

Reyting natijalariga ko‘ra, 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingiga O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan bo‘lib, bu mamlakat oliy ta’limi tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Shulardan 11 ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilagan, 2 ta OTM o‘z o‘rnini saqlab qolgan, 9 ta OTM birinchi marta reytingga kiritilgan va 1 ta OTM o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z mavqeyini eng ishonchli tarzda yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi (QS Asia University Rankings 2025) mintaqaning 25 ta mamlakat va hududidan 985 ta oliy ta’lim muassasasini qamrab olgan bo‘lib, ulardan 127 tasi ilk bor Osiyo reytingiga kiritilgan.

Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda suv xo‘jaligi sohasida keskin o‘zgarish qilishning birdan-bir yo‘li – raqamlashtirish ekani taʼkidlandi. Nasos stansiyalariga 1,7 mingta “onlayn” nazorat qurilmasi va 12 mingta “aqlli suv” qurilmasi olib kelingan. Lekin ulardan olinadigan maʼlumotlarni jamlab, tahlil qiladigan axborot tizimi yo‘q. Shu bois, Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz suv isteʼmoli va uni hisobini yuritishning yagona axborot tizimini ishga tushiradi. Hozirda suv solig‘idan tushumning 40 foizi tuman suvchilarida qolmoqda. Lekin 27 ta tumanda undirilgan suv solig‘idan mablag‘ suv yetkazish xizmatlariga o‘tkazib berilmagan. Viloyat hokimliklariga bir haftada ushbu kamchilikni bartaraf qilish topshirildi. Moliya vazirligiga bundan buyon suv solig‘idan tushum byudjet va suvchilar o‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlanishini taʼminlash topshirildi.