$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 6-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

dayjest

Endi tegishli malakaga ega bo‘lmasdan psixologlik qilganlar javobgarlikka tortiladi

Psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda kecha, 5-noyabr kuni qabul qilingan “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi. Qonun aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Ulug‘bek Rashitov jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Butunjahon taekvondo ittifoqi noyabr oyi uchun yangilangan jahon reytingini e’lon qildi. Undan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham joy oldi. Jumladan, 68 kilogramm vaznda Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibi bo‘lgan Ulug‘bek Rashitov (210) jahon reytingining birinchi o‘rnidan joy oldi.  Ayollar orasida +73 kg. vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Parij—2024” Olimpiadasining kumush medali sohibasi Svetlana Osipova esa reyting jadvalida ikkinchi bo‘ldi.

Sud Sardor Kariyevning uch farzandi va ayoli yashayotgan uy xatlanishini yoqladi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq direktori, “Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy MIB tomonidan xatlangani, bundan norozi bo‘lgan Kariyevning xotini sudga shikoyat qilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 2024-yilning 5-noyabr kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rib chiqildi. Sud Sardor Kariyevning ayoli yozgan shikoyatni rad etib, sobiq amaldorning oilasi yashayotgan uyni ham xatlashni qo‘llab-quvvatladi.

Ko‘p qavatli uylar yaqinida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari o‘rnatiladi

Vazirlar Mahkamasi “Respublikada 2024-2025-yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, ko‘p qavatli uylar yaqinida, shu jumladan, ularga yaqin joylashgan to‘xtash joylarida maksimal quvvati 22 kVt. bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar mavjud ko‘p kvartirali uy joylarning faqat avtoturargohlatrida stansiyalar o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat