$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 24-oktyabrning eng muhim voqealari dayjesti

dayjest

Drenaj tizimi uchun 6 mlrd. soʻm 

Toshkent shahar mahalliy byudjetining joriy yilning III chorak yakunlari bo‘yicha yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 6 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratdi. Bu haqda “E-qaror”da e’lon qilindi.

Oʻzini oʻzi band qilgan taksichilar soni oshdi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 million kishidan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,4 foizga (1,9 million nafarga) ko‘p. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil qiladi.

10 yildan buyon qidirilayotgan sobiq mansabdor qoʻlga olindi

Turkiyada bir qancha jinoiy ishlarda ayblanib qidiruvga berilgan Musayevna Hadicha Jafarova qo‘lga olindi, deya xabar qildi. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi. 1951-yilda tug‘ilgan ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan va bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. U 2011–2013-yillarda O‘zbekistonda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, o‘zgalar mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, 2014-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Murodullo Tog‘ayevich Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Murodullo Abduhakimov 1981-yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar (2020-yildan buyon) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Andijon viloyati prokuraturasiga 2023-yil avgustidan buyon rahbarlik qilgan Ma’rufxon Xo‘jayev 2024-yil iyulida “Hududgazta’minot” AJ raisi etib tayinlangandi.

Теги :
Jamiyat