$
 12774.34
-10.63
 13848.66
17.88
 132.17
0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston maktablari o‘quvchilarni porasiz qabul qilmaydimi?

maktab

O‘zbekistondagi maktablarning 88 foizdan ortig‘i maktabga qabul qilishning raqamli xizmati bilan qamrab olinmagan. Bu haqda boshlang‘ich maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarning amalga oshirilishini baholashga bag‘ishlangan jamoatchilik muhokamasida qayd etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida 2021-yilda boshlang‘ich maktabga bolalarni qabul qilishda korrupsiya xavfini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot yakunlari asosida Maktabgacha ta’lim vazirligiga taklif etilgan tavsiyalarning ijrosi monitoringi natijalarini muhokama qilishdan iborat.

Korrupsiyaning asosiy xavf omillari

Mazkur tadqiqot natijalari korrupsiyaning asosiy xavf omillarini aniqladi. Xususan, byudjet mablag‘larining yetishmasligi va uning shaffofligi, infratuzilma va malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, maktab xodimlarining ish haqi darajasining pastligi, ta’lim subyektlarining halolligi va odob-axloqining yaxlit tizimi yo‘qligi va boshqalar. Aniqlangan korrupsiyaviy xavf omillari uchun ularning birlamchi ahamiyatidan kelib chiqqan holda 29 ta chora-tadbirni qamrab olgan 10 ta asosiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Uch yil o‘tib...

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining "Korrupsiyasiz soha ofisi" loyihasi ishchi guruhi tomonidan tadqiqotdan uch yil o'tib nimalar o‘zgargani, maktabga qabul qilish, moliyalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish jarayonlarining shaffoflik holati tahlil qilindi.

88 foiz maktabda raqamli qabul qilish xizmati yo‘q

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, mamlakatdagi maktablarning 88 foizdan ortig‘i maktabga qabul qilishning raqamli xizmati bilan qamrab olinmagan. Bu shuni anglatadiki, respublikadagi aksariyat maktablarga ota-onalar shaxsan ariza berishlari kerak, bu esa maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi saqlanib qolganidan dalolat beradi. Aniqlangan kamchilik va zaifliklar talimdan teng foydalanish tamoyillarini himoya qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar zarurligini ta’kidlaydi.

Amalga oshirilgan ishlarda qanday kamchiliklar bor?

Tadbir doirasida ekspertlar tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilindi. Jumladan, ajratilayotgan moliyaviy resurslarning shaffofligi, yetarliligini ta'minlaydigan yagona ochiq ma’lumotlar platformasini ishlab chiqish, maktablarning ehtiyojlari, tushumlari, xarajatlarini aks ettiruvchi yagona shaffof platformani yaratish, o‘qituvchilarning ish haqi mavzusida tahliliy tadqiqot o‘tkazish, axloqiy yetakchilikni joriy etishni qonunchilikda mustahkamlash zarurligiga urg‘u berildi.

Shuningdek, respublikadagi barcha maktablarni onlayn qabul platformasi bilan qamrab olishni ta’minlash, o‘qituvchilarning ish haqini oshirish, maktablardagi tirbandlikni kamaytirish, pedagogik karyerani rejalashtirayotgan abituriyentlarni universitetlarga imtiyozli qabul qilish chora-tadbirlarini to‘liq yakuniga yetkazish lozimligi qayd etildi.

Теги :
Жамият