$
 12774.34
-10.63
 13848.66
17.88
 132.17
0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: O‘zbekistonda ta’lim sifati xavotir uyg‘otadi

ta

O‘zbekistonda maktablar va tibbiyot muassasalarining suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena infratuzilmasi qo‘shimcha investitsiyalarga muhtoj. Bu haqda UNICEF va bolalar ombudsmanining “O‘zbekiston Respublikasida bolalar va o‘smirlar vaziyatining tahlili” hisobotida aytilgan.

Ta’lim qay ahvolda?

O‘zbekiston ta’lim infratuzilmasiga faol investitsiya kiritmoqda. Mamlakatda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2026-yilga qadar 370 dan ortiq yangi maktab qurish, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida 620 ming o‘rin, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

2020-yilda qabul qilingan “Ta'lim to‘g‘risida” gi qonun 11 yillik bepul ta’limni kafolatlaydi va nogironligi bo‘lgan bolalarning oddiy maktablarga integratsiyalashuviga imkon yaratadi.

Boshlang‘ich ta’lim bilan qamrov darajasi 2021−2022-yillarda 99 foizga yetdi. Maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi sezilarli darajada oshdi: 2017-yilda 30 foizdan past bo‘lgan ko‘rsatkich 2024-yilga kelib 73 foizdan oshdi — bu deyarli 2 million bola degani.

Sohada nimalar takomillashtirilishi zarur?

Hisobotda ta’lim sohasida siyosatni rejalashtirish salohiyati cheklangani qayd etilgan: natijaga yo‘naltirilgan ta’limni moliyalashtirishning yetarli darajada emasligi ta’lim islohotlarini samarali va unumli amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnash bo‘yicha sezilarli darajada hududlararo tafovutlar saqlanib qolmoqda. Qamrov darajasi Toshkent shahrida 71,9 foizdan Qashqadaryo viloyatida 47,7 foizgacha keskin farq qiladi.

Raqamli ta’lim jadal rivojlanmoqda: maktablarning 94 foizi internetga ulangan, 47 foizi ta’lim maqsadlarida kompyuterlar bilan jihozlangan. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sinflari uchun standartlar zamonaviy talablarga javob bermaydi, bu esa raqamli ta’lim olish imkoniyatini cheklaydi va STEM yo‘nalishlarida o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun haqiqiy inklyuziv ta’lim amaliyotini joriy etishda qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Bular infratuzilma, o‘quv materiallari va o‘qituvchilar salohiyati bilan bog‘liq.

Ta’lim sifati xavotirli

Ta’lim sifati xavotir uyg‘otadi: 2022-yilda o‘tkazilgan o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi tahlili natijalari O‘zbekiston asosiy ko‘nikmalar bo‘yicha o‘rtacha darajadan past ekanini ko‘rsatdi.

Shuningdek, o‘qituvchilar orasida malaka va o‘qitish sifati yetarli darajada emasligi qayd etilgan: eskirgan tayyorgarlik dasturlari va amaliyot o‘tash uchun samarali imkoniyatlarning yo‘qligi o‘qitishning yakuniy natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Теги :
Жамият