$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

50-64 yoshdagi insonlarga pnevmokokka qarshi emlanish tavsiya etilmoqda

emlanish

CDC 50-64 yoshdagi kattalarni pnevmokokkka qarshi emlashni tavsiya qildi. Ushbu kasallik bilan kasallanish xavfi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 65 yoshdan oshgan kattalarda yuqori bo‘lib, bu pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin.

Pnevmokokk qanday kasallik?

Ma’lum qilinishicha, AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) 50 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni pnevmokokk kasalligiga qarshi emlash dasturiga kiritishni tavsiya qildi.

Pnevmokokk – streptokokklar turkumiga mansub bakteriya turi bo‘lib, o‘lchami 0,5—1,25 mkm bo‘lgan harakatsiz lanset shaklidagi diplokokk. Rus tilidagi adabiyotlarda bu bakteriya “Veikselbaum diplokokki” yoki “Frenkel diplokokki” nomi bilan ham tanilgan.

Pnevmokokklarning kamida 91 xil kapsulali turi mavjud.

Pnevmokokk pnevmoniyaning ukasimi?

Avvalroq CDC 65 yoshdan oshgan kattalar, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, ma’lum kasalliklar mavjud bo‘lgan har qanday yoshdagi bolalar va kattalar orasida emlash zarurligini ta’kidlagan edi.

Shuningdek, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 65 yoshdan oshgan kattalar pnevmokokk infeksiyasi bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lib, bu pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Pnevmokokk infeksiyasi havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi.

CDC qoshidagi Immunizatsiya bo‘yicha maslahat qo‘mitasi ko‘pchilik ovoz bilan emlash yoshini kamaytirishni ma’qulladi. CDC ma’lumotlariga ko‘ra, bunday qaror emlash dasturiga yuqish xavfi yuqori bo‘lgan ko‘proq odamlarni kiritishga imkon beradi.