$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj Maxsus platforma orqali shakllantiriladi

oliy ma

“Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (49-son, 29.01.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi Maxsus elektron platforma (Platforma) orqali shakllantiriladi.

Kadrlarga boʻlgan ehtiyoj oʻrganiladi

2025/2026-o‘quv yilidan:

oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Platformada jamlangan ma’lumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida aniqlanadi;

Kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 4 yillik davrga ishlab chiqilib, har yili mehnat bozorining o‘zgarish tendensiyalari, hududlarda ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta’minlashni inobatga olgan holda, Platformaga tegishli tuzatishlar kiritib boriladi.

Qanday maʼlumotlar kiritiladi?

Platformaga quyidagi ma’lumotlar kiritib boriladi, jumladan:

iqtisodiyot tarmoqlarida rasman band bo‘lgan aholi soni;

davlat va nodavlat OTMlari bitiruvchilarining o‘qishni tamomlagandan so‘ng rasman bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

mehnat resurslari balansi, mehnat bozorida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlik darajasi haqida;

“Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish (NEMIS)” axborot tizimida mavjud bitiruvchilar va OTMlar to‘g‘risida.

4 yillik davr

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

davlat buyurtmasini shakllantirishda ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va buyurtmani yuqori turuvchi organlarga taqdim etish;

ish beruvchilarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi;

iqtisodiyot tarmoqlarini mutanosib rivojlantirib borish maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishda ustuvorlik beriladigan yo‘nalishlarni aniqlash.

2025-yildan 4 yillik davr uchun davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq ravishda tasdiqlash uchun ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga har yili 1-mayga qadar kiritish ta’minlanadi.

Теги :
Jamiyat