$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qishloq xo‘jaligida “Uzex Agro” elektron platformasi ishga tushiriladi

qishloq xo

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ilg‘or birja mexanizmlari asosida zamonaviy agrokompleks faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.

“Agro Exchange” MCHJga yangi vazifalar

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi huzurida tashkil etilgan "Agro Exchange" MCHJning quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:

- aholi xo‘jaliklarida, shuningdek dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin bozor narxlarida sotish imkonini beruvchi "Uzex Agro" elektron savdo maydonchasining uzluksiz ishlashini ta’minlash;

- platformaning texnik qo‘llab-quvvatlanishini va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni doimiy takomillashtirishni ta’minlash;

- hududlarda qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yerlarni kengaytirish orqali zamonaviy agrokomplekslarni tashkil etish;

- agrokomplekslar atrofida jozibador investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish.

Platforma orqali qanday jarayonlar amalga oshiriladi?

2025-yil 1-yanvargacha platforma orqali mahsulot sotish uchun aholi, fermer va dehqon xo‘jaliklaridan vositachilik haqi olinmaydi.

Qaror bilan “Uzex Agro” elektron savdo maydonchasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

- platformada savdo ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;

- operator va platforma ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari;

- e’lonlarni joylashtirish va savdolarni o‘tkazish tartibi.