$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi piyodalar ham kameraga tushadi

Piyoda

Yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tganlar uchun ham endilikda foto va video tizimi qoidabuzarliklarni qayd etadi. Bu haqda hukumat

qabul qilindi.

Qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash zarurati 

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temir yo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatgan holda, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash zarurati yuzaga kelmoqda. 

Vazirlar Mahkamasi qarori

Yo‘llarda harakat xavfsizligini samarali tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 329-son qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida” 197-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi quyidagilarni qaror qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 329-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-2026-yillarda temir yo‘l transporti sohasini isloh qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 19-bandida temir yo‘l kesishmalarida yo‘l harakati qoidalarini nazorat qiluvchi “aqlli” qurilmalarni o‘rnatish orqali xavfsizlik darajasini oshirish choralarini ko‘rish;

“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi hisobidan yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish;

Vositalar o‘rnatiluvchi hududlar

2024-yil 1-iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temir yo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich o‘rnatiladi. Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi;

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar YHXX tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari hamda yo‘l-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.