$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘ldirsa osh o‘ldirsin!” – palov narxi hududlarda qancha?

Osh

May oyiga ko‘ra, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida palovning o‘rtacha narxi qancha ekanligi aniqlandi. 

Eng qimmat osh Toshkentda

Statistika agentligi 2024-yilning may oyida palovning o‘rtacha narxi qancha ekanligi haqida xabar berdi. Unga ko‘ra eng qimmat osh Toshkent shahrida – o‘rtacha narx 30 200 so‘m. Eng arzoni esa Namangan viloyatida – 19 900 so‘m.

Barcha viloyatlardagi narxlar

Bir porsiya oshning o‘rtacha narxi:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 24 300 so‘m;  
  2. Andijon viloyati – 24 600 so‘m;  
  3. Buxoro viloyati – 28 600 so‘m;   
  4. Jizzax viloyati –26 200 so‘m;  
  5. Qashqadaryo viloyati – 27 900 so‘m;   
  6. Navoiy viloyati – 24 400 so‘m;   
  7. Samarqand viloyati – 27 300 so‘m;  
  8. Surxondaryo viloyati – 25 800 so‘m;  
  9. Sirdaryo viloyati – 23 500 so‘m;  
  10. Toshkent viloyati – 25 400 so‘m;  
  11. Farg‘ona viloyati – 23 300 so‘m;
  12. Xorazm viloyati – 27 600 so‘m.

Faqat tanlangan muassalardagi narxlar o‘rganilgan

Narxlarni ro‘yxatga olish faqatgina maxsus tanlab olingan ovqatlanish shoxobchalaridagi narxlarga ko‘ra shakllantirilgan. Chunki ushbu narxlar vaqt va sharoitga qarab doimiy o‘zgarib turishi mumkin. Shuning uchun boshqa choyxona va restoranlardagi narxlarning bunga aloqasi yo‘q. Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obyektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.