$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushgan murojaatlar soni sezilarli darajada kamaydi

Pensiya

Pensiya jamg‘armasiga 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ma’lumot berildi. Unga koʻra, shu muddat davomida Pensiya jamg‘armasiga bo‘lgan murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84,4 foizga kamaygan.

Murojaatlarning asosiy qismi elektron tarzda yuborilgan

Tahlillarga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasiga joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida jami 10 450 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 9 265 tasi elektron, 773 tasi yozma hamda 412 tasi ogʻzaki murojaatlardir. Bunda, murojaatlar 2023-yilning mos davriga nisbatan 56 447 taga yoki 84,4 foizga kamaygan.

Qayd etilishicha, 9 103 ta murojaatlar koʻrib chiqilib, tushuntirish va amaliy yordam berilgan, 765 ta murojaat vakolati boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan, 504 tasi koʻrmasdan qoldirilgan(takror murojaatlar), 78 tasi esa koʻrib chiqish jarayonida.

Kelib tushgan murojaatlar masalalar kesimida

Pensiya miqdorini koʻrib chiqish - 3 982 ta

Pensiya tayinlash - 2 187 ta

Pensiyalar toʻlovi - 1 279 ta

Pensiya tayinlashda ish stajini hisobga olish - 947 ta

Pensiya toʻlovi toʻxtatilishi - 485 ta

Fuqarolardan takliflar va boshqa masalalar - 1 570 ta.

Shuningdek, hududiy boshqarmalarga kelib tushgan murojaatlar - 1 787 ta, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga kelib tushgan murojaatlar soni - 2 211 ta, tuman (shahar) boʻlinmalariga kelib tushgan murojaatlar - 6 452 tani tashkil etdi.

Eng koʻp murojaat Toshkent shahridan

Eng koʻp murojaatlar kelib tushgan hududlar ichida Toshkent shahri yetakchi - 1 535 ta. Undan keyingi oʻrinlarda 1 340 ta hamda 1 266 ta murojaat bilan Qashqadaryo viloyati hamda Toshkent viloyatlari turadi.