$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Pensiyalarning miqdori oshirildi

pension

Kecha, 2024-yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” PF–69-son Farmoni qabul qilindi

Minimal iste'mol xarajatlari va pensiya

Farmonda qayd etilishicha, 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal iste'mol xarajatlari 648 ming soʻm miqdorda belgilanganligi sababli bir qator pensiyalarning miqdori oshirildi. Xususan, ish staji toʻliqsiz chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm etib belgilandi.

Qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi

Buning natijasida 751 ming nafar yoshga doir va 110 ming nafar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal iste'mol xarajatlari miqdoriga yetkazilishi reja qilingan. Ma'lum boʻlishicha, pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 180 mlrd. soʻm qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi. Ma'lumot uchun, yuqoridagi miqdorda pensiya oluvchilarga pensiyalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda toʻlanadi.

Теги :
Jamiyat