$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qashqadaryoda oʻgay ota 7 yoshli qizini zoʻrlab kelgani aytilmoqda

qiz

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB FMB huzuridagi Tergov boʻlimi darhol tergovga qadar tekshiruv boshlab, kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlarini olib bordi. Bolaga nisbatan tegishli sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ona IIVga murojaat qilgan

Qayd etilishicha, shu yilning 12-oktyabr kuni Qarshi shahrida yashovchi J.D. (ayol) Qashqadaryo viloyati IIBning 102-raqamli telefoniga murojaat qilib, turmush oʻrtogʻi (2021-yildan u bilan birga yashab kelayotgan) B.Q. ayolning 2017-yilda tugʻilgan qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlik harakatlarini qilgani toʻgʻrisida xabar bergan.

Kuzatuv davom ettirilmoqda

Mazkur holat boʻyicha Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan oʻz kuzatuvini davom ettirmoqda.

Ish borishi yuzasidan qoʻshimcha tarzda maʼlumot beriladi.

Теги :
Jamiyat