$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Saida Mirziyoyeva: Agar davlat bir daraxt boʻlsa, oʻqituvchilar ildizlardir!

Sayida Mirziyoyeva

Bugun poytaxtimiz “Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar” xalqaro anjumaniga mezbonlik qildi.

Tadbir haqida

Mazkur tadbirda taʼlim sifati, sohaning buguni va kelajagi borasida dunyoning eng old mutaxassislari oʻz fikr-mulohazalarini maʼlum qildilar. Tadbirda ishtirok etgan Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva anjuman haqida fikr bildirarkan ekan, jamiyatimizda hamda davlat miqyosida oʻqituvchi-pedagoglarning oʻrni yuqori ekanini qayd etdi. 

"Daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi"

"Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin. Ishonchim komilki, daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi, gullab-yashnamaydi, meva bermaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston taʼlim tizimini takomillashtirishga bu qadar katta eʼtibor qaratib, pedagoglarimizni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga, dunyoning eng ilgʻor tajribalarini qoʻllashga undamoqda" —deya yozadi oʻz ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida Mirziyoyeva.