$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bosh hakamni so‘kkan "Paxtakor" rasmiylarining ishi nima bo‘ldi?

Paxtakor

"Paxtakor" rasmiylari o‘yin bosh hakamini so‘kkani va tartibsizlik chiqargani uchun jazolandi. Bu haqda O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi qarorida aytiladi. 

2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima

Superliganing 9-turi doirasidagi "Paxtakor" — "Qizilqum" uchrashuvining 56-daqiqasida "Paxtakor" futbolchisi Sardor Sobirxo‘jayev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sardor Sobirxo‘jayevga (Paxtakor) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Dragan Cheran ishi

Shuningdek, 56-daqiqada "Paxtakor" futbolchisi Dragan Cheran bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Dragan Cheranga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

O‘yin yakunidagi mojaro

Bundan tashqari, uchrashuv yakunlangandan so‘ng, "Paxtakor" klubi rasmiy shaxslari bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatishgan, bu esa tartibsizliklar olib kelgani qayd etilgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, "Paxtakor" futbol klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.