$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Paxtani o‘z mablag‘lari hisobidan yetishtirganlarga 10 foiz miqdorda subsidiya ajratiladi

paxta

Paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari hisobidan yetishtirganlarga10 foiz subsidiya ajratiladi. Hukumat qabul qilgan qarorga muvofiq, 2025-yilgi paxta hosili olingacha qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi belgilandi.

Forvard shartnomalar xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladi

Farmonga muvofiq, 2025-yil paxta hosilidan:

Fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-iyunigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birjada erkin shakllanadigan, biroq e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan past bo‘lmagan narxda tuziladi;

Forvard shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-martigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxlarda tuziladi;

Spot shartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xomashyosi hajmiga xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxda tuziladi;

Saqlash omborlari yoki ijara shartnomalari mavjud bo‘lmagan xo‘jaliklar o‘zi yetishtiradigan paxta xomashyosi bo‘yicha har hosil yilining 1-martigacha forvard yoki 1-iyunigacha fyuchers shartnomalari rasmiylashtiradi;

Shuning bilan birga, 2025-yil hosilidan paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xo‘jaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31-dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Ushbu qonun bilan joriy yilda paxta yetishtirish va oldi-sotdisida yuqoridagi harakatlar amalga oshirilishi kutilmoqda.