$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyadan chiqmasdan patentni yana bir yilga uzaytirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

patent

Rossiya hududida, xususan, Moskva shahridagi Saxarovo Migratsiya Markazi orqali patentni uzaytirish endi mamlakatdan chiqmay amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayon uchun muhojirlar bir nechta muhim hujjatlarni tayyorlab, Saxarovo markaziga murojaat qilishlari lozim.

Nimalar kerak bo‘ladi?

Patentni yangi muddatga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

• Pasport;

• Amaldagi patent hujjati;

• Migratsiya kartasi;

• Registratsiya (ro‘yxatdan o‘tish hujjati);

• Patent amal qilish muddati uchun to‘langan soliq cheklari (12 ta);

• Ish beruvchi tomonidan topshirilgan patent uzaytirish arizasi;

• Mehnat shartnomasi yoki xizmat ko‘rsatish shartnomasi;

• Patent uzaytirishda huquqiy talablar bajarilayotganini tasdiqlovchi ma’lumot (IIV bo‘limiga ishga olish haqidagi ogohlantirish).

Patent amal qilish muddatidan 20 kun avval

Mutaxassislar patentni uzaytirish uchun yuqorida aytilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ish beruvchi muhojirni ishga olgani haqida IIV bo‘limiga yuborgan “uvedomleniye”si va muhojir-ishchining o‘zi ham mehnat shartnoma nusxasini IIV bo‘limiga yuborganini tasdiqlovchi hujjatlarni olib borishni tavsiya qilmoqda. Migratsiya markazi hujjatlarni patentning amal qilish muddati tugashidan kamida 20 kun oldin topshirish muhimligini ta’kidlagan.