$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Koreyaning ikki mashhur aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

samolyot

Koreyadagi ikkita aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda. Parvozlar chastotasi haftasiga to‘rt marta amalga oshirilishi belgilangan.

Parvozlar 2025-yildan boshlab yo‘lga qo‘yiladi

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi “Jeju Air” va “T’way Air” aviakompaniyalariga O‘zbekistonga uchish uchun ruxsat berdi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.

Parvozlar 2025-yildan boshlab Incheon – Toshkent yoʻnalishida amalga oshiriladi. Parvozlar chastotasi haftasiga to‘rt marta bo‘ladi.

Faqat Asiana Airlines” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Shuningdek, Janubiy Koreya aviatashuvchilaridan faqat “Asiana Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekiston poytaxtiga parvozlarni amalga oshiradi. “Korean Air” aviakompaniyasi joriy yilning mart oyida Toshkentga parvozlarni to‘xtatdi.

“Jeju Air” aviatsiya bozorida 2005-yildan beri faoliyat yuritadi. Kompaniya parki Boeing 737 laynerlaridan iborat.

Shuning bilan birga, T’way Air aviatashuvchisi 2003-yilda tashkil topgan. Kompaniya Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga parvozlarni amalga oshiradi.