$
 12964.43
-30.16
 14744.45
-17.4
 158.28
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qancha madaniyat va istirohat bog‘lari borligi ma‘lum bo‘ldi

Madaniyat va istirohat bog‘i

Ma’lumki, shaharlarda binolar joylashgan hududlardan kam bo‘lmagan miqdorda yashillik, parklar, bog‘lar, sayilgohlar bo‘lishi shart. Aks holda ekologik balans yo‘qoladi. Oqibatda qurg‘oqchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bugun shaharlarda yashillik yo‘qolib borayotgani haqida ko‘p gapirilmoqda. Chindan katta shaharlarimizga qarasangiz, asosan, binolar va asfaltni ko‘rasiz. Bizda istirohat bog‘i deganda ichi to‘la do'kon, bolalar uchadigan va albatta, pulli bo‘lgan attraksionlar qo‘yilgan, aksar hollarda hatto kirish ham pulli bo‘lgan joylar tushuniladi. Odamlarga to‘rt tomonida qurib qolgan archa ekilgan va quyosh qizdirib, sarg‘ayib yotgan ochiqlikni "mana shu park" deb ko‘rsatishlari ham hech gap emas. Xo‘sh, aslida park qanday bo‘lishi kerak? 

Istirohat bog‘i – faqatgina daraxtlardan iborat joy emas

Urbanizatsiya rivojlanib, qurilayotgan binolar zichligi oshgani sayin shahar landshaftiga bo‘lgan munosabat o‘zgaryapti. Ilgari tabiat va shahar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan hamda istirohat bog‘lari shaharlarda sun’iy ravishda yaratilgan tabiat makoni edi. Endi shaharsozlik tendensiyasi o‘zgarib, arxitektorlar unda ekologik asoslar yaratish ham muhim ekanini ta’kidlashmoqda. Ya’ni istirohat bog‘lari va ularni tabiiy infratuzilma sifatida bog‘laydigan yashil yo‘laklar (xiyobonlar, daryolar, kanallarni) yaratish shaharsozlikning muhim bo‘lagiga aylanmoqda. Bunday sharoitda istirohat bog‘lari yagona tabiiy tarmoq yaratishi va yashil yo‘laklar ular orasidagi ekologik aloqani ta’minlashi kerak.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va istirohat bog‘lari soni 129 tani tashkil etgan. 

Eng ko‘p bog‘lar Toshkent va Andijonda

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va istirohat bog‘lari soni:

Toshkent shahri – 23 ta

Andijon viloyati – 19 ta

Surxondaryo viloyati – 15 ta

Xorazm viloyati – 15 ta

Qoraqalpog‘iston R – 9 ta

Navoiy viloyati – 9 ta

Farg‘ona viloyati – 9 ta

Buxoro viloyati – 7 ta

Qashqadaryo viloyati – 7 ta

Namangan viloyati – 5 ta

Samarqand viloyati – 4 ta

Toshkent viloyati – 3 ta

Jizzax viloyati – 2 ta

Sirdaryo viloyati – 2 ta

O'tgan yilgi holat

Ushbu ko‘rsatkichga ko'ra, 2023-yilning 1-yanvar holatida bog‘lar soni 126 tani tashkil etgan edi. Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va istirohat bog‘lari soni:

Toshkent shahri — 21 ta

Andijon viloyati — 21 ta

Surxondaryo viloyati — 15 ta

Xorazm viloyati — 14 ta

Navoiy viloyati — 9 ta

Qashqadaryo viloyati — 8 ta

Farg‘ona viloyati — 8 ta

Qoraqalpog‘iston R – 7 ta

Buxoro viloyati — 6 ta

Namangan viloyati — 5 ta

Samarqand viloyati — 4 ta

Toshkent viloyati — 3 ta

Jizzax viloyati — 3 ta

Sirdaryo viloyati — 2 ta.