$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ayollar nega uzoq umr ko‘radi?

Momo

25 yillik tadqiqotlar natijasida ayollarning uzoq umr ko‘rishiga sabab bo‘luvchi “eliksir” aniqlandi.

O‘rta Yer dengizi diyetasi

O‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, “O‘rta Yer dengizi diyetasi” deb nomlanuvchi ovqatlanish ratsioni ayollarda o‘lim xavfini 23 foizga kamaytirishi mumkin. Tadqiqot Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi (JAMA) jurnalida chop etilgan. Tadqiqotchilar 25 mingdan ortiq sog‘lom amerikalik ayollarni 25 yil davomida kuzatib ushbu xulosaga kelishdi. Ilmiy izlanish saraton va yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida erta hayotdan ko‘z yumishni sezilarli darajada kamaytirishini isbotladi.

Diyeta tarkibi qanday?

“O‘rta Yer dengizi diyetasi”da yong‘oqlar, dukkakli mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar va to‘liq donalar kabi o‘simlikka asoslangan oziq-ovqatlar, asosiy yog‘ sifatida zaytun moyidan foydalaniladi. Bundan tashqari, mazkur diyeta o‘rtacha miqdorda baliq, parranda go‘shti, sut mahsulotlari va tuxumni ham o‘z ichiga oladi. Ratsionning sog‘liq uchun foydalari ko‘plab tadqiqotlarda isbotlangan bo‘lsa-da, yetarli darajadagi ma’lumotlar aynan shu tadqiqot orqali ma’lum qilindi.

Parhez muhim

Tadqiqotlarga boshchilik qilgan doktor Samia Mora uzoq umr ko‘rish uchun parhezning muhimligini yana bir bor isbotlaganidan mamnun ekanligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, “O‘rta Yer dengizi diyetasi”ga rioya qilish ayollar uchun juda ham foydali bo‘lib, bu nafaqat uzoq umr ko‘rish, balki o‘z go‘zalliklarini saqlab qolishga ham yordam beradi.