$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Shavkat Mirziyoyev Moskvada o‘tadigan harbiy paradda ishtirok etadi

parade

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79-yilligi munosabati bilan joriy yilning 9-may kuni Rossiya poytaxtida o‘tkazilishi rejalashtirilgan harbiy paradda ishtirok etadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lumot bermoqda.

Kreml matbuot xizmati axboroti

Parad haqida axborotlarni ommaga ma’lum qilgan Kreml matbuot xizmati paradda qatnashishi kutilayotgan faxriy mehmonlar orasida Shavkat Mirziyoyev nomini ham sanab o‘tgan. Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyati ma’lumotida qayd etilishicha, paradning faxriy mehmonlari mezbon prezident Vladimir Putin bilan birgalikda Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘yish marosimida ham qatnashishadi.

Parad mehmonlari

Shuningdek, Kreml axborotida ma’lum qilinishicha, "G‘alaba" paradida Mirziyoyevdan tashqari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Laos prezidenti Txonglun Sisulit va Gvineya-Bisau prezidenti Umaru Sissoku Embalolar ham ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati tomonidan hali rasman tasdiqlanganicha yo‘q.

Теги :
Жамият