$
 11985.10
12.75
 13923.09
71.08
 148.86
1.34
weather
+26
Кечаси   +14°

Mana bu texnologiya: Ham elektr, ham vodorod ishlab chiqaruvchi panellar haqida eshitganmisiz?

Quyosh panellari

Belgiya yangi turdagi “yashil” energiyaga ixtisoslashgan quyosh elektr stansiyasi qurmoqda. Bu stansiya o‘rnatilayotgan quyosh panellari orqali nafaqat elektr energiyasi, balki vodorod ham oladi. Loyiha dunyoda birinchi marta shu usulda amalga oshirilmoqda.

Loyihaning quvvati qay darajada?

Valloniyada qurilayotgan stansiya 2 MVt quvvatga ega bo‘ladi. Unda KU Leuven universitetining sho‘ba korxonasi Solhyd ishlab chiqqan, 50 kVt quvvatli maxsus panellar o‘rnatiladi.

Kuniga 250 litr vodorod

Bu panellar quyosh nuri va havodan to‘g‘ridan to‘g‘ri vodorod ishlab chiqaradi. Buning uchun suyuq suv, kamyob materiallar yoki kuchli elektr tarmoqlariga ulanish shart emas. Texnologiya kuniga 250 litr vodorod berish va 15% samaradorlikka erishishini aytishmoqda.

Asoschilar

Loyihaga bir nechta kompaniyalar qatnashadi:

➖ Ether Energy — loyiha egasi va operatori

➖ Solhyd — vodorod modullarini yetkazib beradi va xizmat ko‘rsatadi

➖ SunBuild — quyosh tizimini loyihalash va qurish bilan shug‘ullanadi

➖ Nippon Gases — vodorodni qayta ishlash, saqlash va taqsimlashni amalga oshiradi

“Bu — tijoriy miqyosdagi ilk real loyiha”

Solhyd bosh direktori Yan Ronjening aytishicha:

“Bu — tijoriy miqyosdagi ilk real loyiha. Biz yashil vodorodni oddiy, arzon va kengaytirilishi mumkin bo‘lgan usulda olish mumkinligini ko‘rsatmoqdamiz.”

Stansiya kelasi yil ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Uning xizmat muddati 5 yil deb belgilangan.

Loyihaning ustunligi

Belgiyada joriy etilayotgan yangi turdagi quyosh-vodorod panellari bir nechta muhim afzalliklari bilan energiya bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Eng avvalo, ushbu texnologiya suvsiz ishlashi bilan ajralib turadi. An’anaviy yashil vodorod ishlab chiqarish usullari katta miqdorda toza suv talab qilsa, Solhyd panellari havodagi tabiiy namlikdan foydalangan holda vodorod hosil qiladi. Bu esa suv tanqisligi kuzatiladigan cho‘l hududlari yoki suv infratuzilmasi rivojlanmagan qishloq joylari uchun juda muhim afzallikdir.

Narxlarning barqarorlashishi

Texnologiya keng tarqalgan taqdirda energiya narxlarining barqarorlashishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Mahalliy, qayta tiklanuvchi manbaga asoslangan vodorod energetikasi importga qaramlikni kamaytiradi, energiya ta’minotining mustahkamligini oshiradi va narxlarning keskin o‘zgarishini yumshatadi. Kelajakda ushbu panellarning uy-ro‘zg‘or uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan versiyalari ham paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa oddiy xonadonlarda ham energiya mustaqilligini ta’minlash imkonini yaratadi.

Atrof-muhit

Atrof-muhit nuqtayi nazaridan esa panellar juda katta ustunlikka ega. Jarayon davomida karbon chiqindilari hosil bo‘lmaydi, suv isrof qilinmaydi va kimyoviy chiqindilar paydo bo‘lmaydi. Shuning uchun ushbu texnologiya an’anaviy vodorod ishlab chiqarish usullariga nisbatan ekologik jihatdan ancha toza va barqaror yechim hisoblanadi. Karbon izini kamaytirish global maqsadlar qatoriga kirgan bir paytda, bu kabi innovatsion panellarning joriy etilishi energiya sohasida yangi, ekologik toza bosqichni boshlab berishi mumkin.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot