$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Kelasi yilda o‘zbekistonliklar uchun ta’til olishga eng qulay oy qaysi?

oy

HeadHunter.uz nashri O‘zbekistonliklar uchun 2025-yilda ta’til olishga eng yaxshi vaqt qaysi oy ekanligini aytib o‘tdi.

Eng yaxshi oy iyul oyi

Unga ko‘ra, 2025-yilda o‘zbekistonliklar uchun ta’til olishga eng zo‘r oy iyul bo‘ladi, chunki unda 23 ish kuni bor, bu esa ta’til to‘lovining yakuniy miqdorini oshiradi.

Yanvar, aprel, oktyabr va dekabr oylari ham yaxshi tanlov bo‘ladi – har biri 22 ish kunidan iborat. Ish kunlari qancha ko‘p bo‘lsa, ta‘til to‘lovi hisoblab chiqiladigan o‘rtacha kunlik ish haqi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Mart esa aksincha

Mart, aksincha, ta’til uchun eng kam to‘lov to‘lanadigan oydir, chunki unda faqat 19 ish kuni bor, bu esa to‘lovni kamayishiga sabab bo‘ladi

Ta’tilni rejalashtirishda xodimlar yuqori to‘lovlar va dam olish muddati o‘rtasida tanlov qilishlari mumkin. Ish kunlari koʻp boʻlgan oylarda ta’tilga chiqish orqali xodim koʻproq ta’til toʻlovini oladi. Bayramlar bilan to‘la bir oyni tanlab, ta’til kunlarining kamligi tufayli ta‘tilni uzaytirish mumkin.

2025-yil ish kunlari

Ma’lumot uchun, 2025-yilda O‘zbekistonda jami 254 ish kuni bo‘ladi. Qozog‘istonda bu 246 kun, Qirg‘iziston va Rossiyada esa 247 kunni tashkil qiladi.