$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda o‘quvchilar qaysi mahsulotlarni ko‘p iste’mol qiladi?

maktab

O‘zbekistondagi o‘quvchilarning aksariyati ko‘proq qovurilgan taomlar iste’mol qilishi ma’lum bo‘ldi. Bu Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti ilmiy tadqiqotchilari tomonidan “Siz qaysi mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilasiz?” va “Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilishingizga ota-onangiz ruxsat bermaydi?” bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada aniqlandi.

O‘quvchilar qaysi mahsulotlarni eng ko‘p tanovul qiladi?

O‘tkazilgan so‘rovnomada o‘quvchilar “Siz qaysi mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilasiz?” degan savolga eng ko‘p qovurilgan taomlar – 31,5%, fast-fudlar – 28,8%, turli salatlar – 25,7% va turli qandolat mahsulotlari – 25,5% deya javob berishgan.

Keyingi o‘rinlarda suyuq taomlar – 25,2%, muzqaymoq – 12,2%, tez pishuvchi lapshalar (rolton va boshq.) – 7,6%, kukuruz va popkornlar – 7,5%, kirieshka va chipslar – 5,2% joy olgan.

Ota-onalar qaysi mahsulotlarni yeyishga ruxsat bermaydi?

“Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilishingizga ota-onangiz ruxsat bermaydi?” degan savolga esa o‘quvchilar quyidagicha javob berishgan:

  • energetik ichimliklar – 52,2%;
  • kirieshka va chipslar – 43,4%;
  • kukuruz va popkornlar – 21,1%;
  • tez pishuvchi lapshalar – 18,9%;
  • fast-fudlar – 14,5%.

Muhim tavsiya

Xulosa qilib aytish mumkinki, aholi ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanishni, ya’ni ratsion bo‘yicha oqsil, vitamin va mikroelementlarga boy bo‘lgan meva, sabzavotlarni, sut va go‘sht mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilishni hamda jismoniy faol harakatlarni ko‘paytirishni tavsiya etiladi.

Теги :
Jamiyat