$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ovoz” nega buncha qimmat? – vazir javob berdi

MadVazir

Ozodbek Nazarbekov, “Ovoz” loyihasiga sarflangan 2 milliard so‘m haqida gapirib o‘tdi.

O‘zbek “ovoz”ining narxi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, “Ovoz(The voice of Uzbekistan)” loyihasiga ajratilgan 2 milliard so‘m haqidagi bahslarga munosabat bildirdi. Shuningdek, u “Bobolarim” kino-klipi uchun ajratilgan 2,7 milliard so‘m haqida ham gapirib o‘tdi.

“Faqat shu yil shunday imkoniyat bo‘ldi, keyingi yil bunday bo‘lmasligi mumkin”

“Birinchidan shunday muhokamalar kimgadir kerak bo‘lyapti, bu o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q, ya’ni buning buyurtmachisi bor. Chunki Madaniyat vazirligi “Ovoz” loyihasi uchun 2 milliard so‘m ishlatayotgani… “Ovoz” loyihasining necha pul turishini o‘rganinglar oldin. O‘zi necha pul turadi, qaysi davlat necha pul sarflab, uni olib kirgan? Tarixini ham bir o‘rganinglar. Boshqa davlatlarda bu loyiha uchun ketayotgan xarajatning o‘ndan biri ham emas biz ishlatayotgan xarajat. Nima uchun tikyapmiz? Chunki shunaqa imkon bo‘lib qoldi. Tez bu loyihani olib kelish va o‘sha pul evaziga O‘zbekistonga kirish imkoni bo‘lib qoldi, lekin bunday imkoniyat keyingi yil bo‘lmasligi mumkin edi, - deydi vazir. 

“Boshqa sohalarga davlat yordam beryapti, nega san’at faqat e’tiborga tushadi?”

“Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti. Bugungi kunda biznes nuqtayi nazaridan tadbirkorlarga qancha-qancha subsidiyalar, imtiyozli kreditlar berilyapti. Bizning ham san’at yo‘nalishidagi tadbirkorlarni, san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlashimiz mana shu normaga tushadimi yoki tushmaydimi? Boshqa yo‘nalishlarda davlat tadbirkorlarga yelka tutyapti. Madaniyat sohasida ham yelka tutish mumkinmi? Faqat bizniki ko‘rinyapti, davlat boshqa sohaga yordam bersa, u hech narsa emas. Lekin san’atkorga yordam bersa, unga berma deydi. Bu gapda qanchalik adolat bor?, - deya fikrlarini bildirdi Nazarbekov. 

“Bobolarim” klipi chiqadi

Madaniyat vaziri, shuningdek, yana bir katta pul ajratilgan “Bobolarim” kino-klipi haqida ham gapirib o‘tdi. 10 daqiqalik ushbu loyihaning narxi 2,7 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024-yilda premyera qilinishi reja qilingan. Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, “ushbu loyihaning g‘oyaviy ahamiyati bebaho va uning narxini belgilab bo‘lmaydi”.