$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Saylov-2024: Dastlabki 3 soatda saylovchilarning 29,58 foizi ovoz bergan

saylov

Dastlabki 3 soatda saylovchilarning 29,58 foizi ovoz berdi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov boshlangandan beri 5 mln 900 ming 243 nafar saylovchi ovoz berganini ma’lum qildi.

Farg‘ona ovoz berishda yetakchi

Qayd etilishicha, soat 11:00 holatiga ko‘ra, saylovchilarning 29,58 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Saylovchilarning umumiy soni 19 944 859 nafarni tashkil etadi.

Ovoz berish ko‘rsatkichi hududlar kesimida quyidagicha:

Farg‘ona viloyatida 34,90 foiz;

Sirdaryo viloyatida 34,63 foiz;

Xorazm viloyatida 33,27 foiz;

Andijon viloyatida 33,24 foiz;

Jizzax viloyatida 32,47 foiz;

Navoiy viloyatida 31,83 foiz;

Buxoro viloyatida 30,23 foiz;

Samarqand viloyatida 30,02 foiz;

Namangan viloyatida 29,74 foiz;

Surxondaryo viloyatida 29,47 foiz;

Qashqadaryo viloyatida 27,76 foiz;

Toshkent viloyatida 25,86 foiz;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25,61 foiz;

Toshkent shahrida 21,19 foiz.

Hozirga qadar saylov uchastkalarida ovoz berish tartibini buzish yoki jarayonlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan jiddiy huquqbuzarliklar to‘g‘risida MSKga xabar kelib tushmadi, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmagan saylovchilar 16−23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etilgan. Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida O‘zbekiston bo‘ylab 1 million 15 ming 948 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berganini ma’lum qilgan.

Nomzodlarning 99 foizdan ortig‘i oliy ma’lumotli

Shuningdek, nomzodlarning eng ko‘pi o‘qituvchilar ekanligi ma'lum qilingan. Joylardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovoldi tadbirlarida ham o‘qituvchilar faol ishtirok etgan.

Joriy saylovda o‘qituvchilar - nomzodlar orasida ham yetakchi. Nomzodlarning eng ko‘pi (27,9%)ni o‘qituvchilar tashkil qilmoqda. Bu haqda 26-oktyabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida qatnashayotgan nomzodlarning 99,3 foizi oliy ma’lumotli shaxslardir.

Nomzodlar orasida:

pedagoglar 27,9%

iqtisodchilar 20,2%

huquqshunoslar 16,5%

shifokorlar 9,1%

muhandislar 7,9%

tadbirkor, fermer va boshqa soha vakillari 18,4%ni tashkil etadi.