$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ot minish qachondan boshlangan?

Ot

"Nature" jurnalida 113 ta ilmiy muassasa olimlaridan iborat guruhning insonlar otlardan qachondan transport vositasi sifatida foydalanganligi haqidagi izlanishi chop etildi. Olimlar otlarning butun Yevrosiyo bo‘ylab topilgan arxeologik qoldiqlarini o‘rganishdi. Yilqichilikning uch asosiy ko‘rsatkichi: tarqalishi, seleksiyasi va sonini o‘rganish maqsadida qadimgi DNK namunalari, radiouglerodli tekshirish natijalari taqqoslandi.

Transport vositasi sifatida foydalanilgan

Ma’lum qilinishicha, har uch ko‘rsatkich taxminan 4,2 ming yil avval o‘zaro tutashgani ma’lum bo‘ldi. Olimlarning fikricha, aynan shu davrdan otlarni minadigan jonivor sifatida ommaviy tarzda ko‘paytirish boshlanib, savdo-sotiq jarayonlari va yangi hududlarni o‘zlashtirish ancha jonlangan. Ushbu tarixiy voqea geografik jihatdan hozirgi Qozog‘iston shimolidagi Botay hududiga to‘g‘ri keladi.

Ilk xonaki otlar

Shuningdek, otlarni qo‘lga o‘rgatish tarixi bundan ham ko‘hnaroq - 5 500 yillar avval yuz bergani aytilmoqda. Ammo uzoq vaqt bu jonivorlar transport vositasi emas, balki go‘sht va sut manbasi bo‘lib kelgan. XX asr boshlarigacha esa otlar quruqlikda harakatlanishning eng tezkor vositasi bo‘lib kelganligi ma’lum bo‘lgan.