$
 12081.63
-20.76
 13837.09
-153.27
 150.44
-2.64
weather
+26
Кечаси   +14°

“Oskar”ning 98-mavsumi g‘oliblari aniqlandi

oskar

Mukofotning 98-mavsumida ko‘pchilik kutganidek “Jang ketidan jang” (One Battle After Another) filmi yilning eng yaxshi filmi deb topildi. Film rejissyori Pol Tomas Anderson ham eng yaxshi rejissyor nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Eng yaxshi aktyor mukofoti “Gunohkorlar” (Sinners) filmidagi roli uchun Maykl B. Jordanga nasib qildi. Eng yaxshi aktrisa esa “Hamnet” filmida bosh rolni ijro etgan Jessi Bakli bo‘ldi. Shuningdek, eng yaxshi xorijiy film mukofoti Norvegiyaning “Sentimental qadriyat” filmiga topshirildi.

“Oskar”ning barcha g‘oliblari:

Eng yaxshi film: One Battle After Another

Eng yaxshi rejissyor: Pol Tomas Anderson (One Battle After Another)

Eng yaxshi aktyor: Maykl B. Jordan (Sinners)

Eng yaxshi aktrisa: Jessi Bakli (Hamnet)

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Shon Penn (One Battle After Another)

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Emi Medigan (Weapons)

Eng yaxshi original ssenariy: Sinners (Rayan Kyugler)

Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy: One Battle After Another (Pol Tomas Anderson)

Eng yaxshi operatorlik ishi: Otum Dyurald Arkapou (Sinners)

Eng yaxshi animatsion film: K-Pop Demon Hunters

Eng yaxsh xorij filmi: Sentimental Value (Norvegiya)

Eng yaxshi vizual effektlar: Frankenshteyn

Eng yaxshi montaj: One Battle After Another

Eng yaxshi grim va turmak: Frankenshteyn

Eng yaxshi liboslar dizayni: Frankenshteyn

Теги :
Jamiyat