$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Iqlim isishi tufayli Arktikadagi bir orol erib ketdi

orol

Arktikaning Frans-Iosif Yeri arxipelagi yaqinidagi Mesyatsev oroli endi yo‘q, deb xabar berdi Rossiya geografiya jamiyati.

Issiq iqlim muz orollarni yo‘q qilmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, 2015-yilda uning maydoni 53 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil avgustida 3 gektarga kamaygan, hozir esa butunlay erib ketdi.

Mesyatsev oroli Yeva-Liv oroli muzligidagi muz erishi natijasida 1995-yilgacha paydo bo‘lgan edi. Uning yo‘qolishi endi navigatsiya xaritalarini tuzatishni talab qiladi. Mesyatsev orolini kuzatayotgan ilmiy guruh bu hodisa iqlimning isishi tufayli sodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Endi orol xaritadan o‘chiriladi

Shuningdek, kelajakda Mesyatsev orolining yo‘qolganini yakuniy tasdiqlash va dengiz tubining topografiyasida mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishi talab etiladi.