$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi bolalarga ham himoya orderi beriladi. Vaziyat shunchalar jiddiymi?

Bolalarga zo

2024-yil 30-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida qonun loyihalari, parlament nazoratiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida dastlab deputatlar tomonidan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilyapti. Bunda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan muvofiqlashtirilishi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi komissiyaning ishchi organi, qolaversa, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanishi taklif etilmoqda.

Bolalarga himoya orderi 

Bundan tashqari, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash, qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda. Qonun loyihasi bilan ilk bor yangi institut — bolalarga himoya orderi berish taklif etilyapti. Order vakolatli organ tomonidan zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining qonuniy vakiliga yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxsga hamda zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining o‘ziga beriladi. Qizg‘in muhokamalar davomida qonun loyihasida belgilanayotgan normalar atroflicha muhokama qilinib, fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.