$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zbekistonlik shifokorlar bilan tajribalarimizni almashishga tayyormiz” — Erdjiyes universiteti tibbiyot fakulteti professori Musa Karakukju

Musa Karakukju

Toshkent shahrida bugun, 5-iyun kuni boshlangan “Dalillarga asoslangan harakat” mavzusidagi bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha I xalqaro kongress turkiyalik mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

"Umid qilamanki, mazkur xayrli ish davomiy bo‘ladi"

KANKA bolalar gematologiyasi va onkologiyasi va suyak iligi transplantatsiyasi markazi rahbari, Erdjiyes universiteti tibbiyot fakulteti professori Musa Karakukju mazkur xalqaro kongressni muhimligiga alohida urg‘u berdi. “Bu jadam ham muhim konferensiya. Umid qilamanki, mazkur xayrli ish davomiy bo‘ladi. Hozirda Turkiya sog‘liqni saqlash tizimida bolalarni suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi juda yaxshi rivojlangan. Yevropada bo‘yicha kuchli uchtalikka kiramiz: Germaniya, Italiya va Turkiya. Toshkentda juda yaxshi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi bor. O‘zbekistonda bolalarni suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi bo‘yicha shifokorlarni malaka oshirishi, hamshiralarni tayyorlash masalasida qo‘limizdan kelgancha yordam berishga va o‘z tajribalarimizni o‘rtoqlashishga tayyormiz”, — dedi professor Musa Karakukju.

Erta o‘limni 2,5 barobarga qisqartirish vazifasi belgilangan

Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturlari doirasida bolalarga onkologik, gematologik va immunologik yordam ko‘rsatishni yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida onkologik kasalliklar sababli erta o‘limni 2,5 barobarga qisqartirish vazifasi belgilangan. Bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida poytaxtimizda “Dalillarga asoslangan harakat” mavzusidagi bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha I xalqaro kongressi o‘tkazilmoqda.

Ma'lumot uchun, I xalqaro kongress 7-iyunga qadar davom etadi.