$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
uzbuild

Endi banklardagi omonatlar 7 kunda qaytariladi

omonat

Avvallari banklardagi omonatlarini qaytarib olish uchun mijozlar uch oy kutishga majbur edi. Bu esa moliyaviy rejalarni amalga oshirishda noqulaylik tug‘dirardi. Yangi qabul qilingan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun esa bu muammoni hal qiladi. Endilikda mijozlar nafaqat omonatlarini tezroq oladi, balki ularning xavfsizligi ham kafolatlanadi. Bundan tashqari, ilgari faqat jismoniy shaxslarning omonatlari himoyalangan bo‘lsa, endi yuridik shaxslar va tadbirkorlik subyektlari ham bu kafolatdan foydalanishi mumkin. 

Omonatlarni qaytarish muddati qisqardi

Yangi qonunga ko‘ra, 2026-yildan boshlab banklar omonatlarni mijozlarga 15 kun ichida qaytarishi kerak bo‘ladi. 2027-yildan esa bu muddat atigi 7 kunga tushiriladi. Bu o‘zgarish fuqarolarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishi bilan birga, mablag‘larini tezkorlik bilan ishlatish imkoniyatini ham beradi. 

Oldin faqat jismoniy shaxslarning omonatlari kafolatlangan bo‘lsa, yangi qonun yuridik shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga ham tegishli bo‘ldi. Endilikda 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlar davlat tomonidan to‘liq himoyalanadi.

Xalqaro tajribada qanday o‘zgarish bo‘ldi?

Yangi tartib xalqaro tajribaga moslashtirilgan. Masalan, Rossiyada omonatlarning davlat kafolat summasi $14,300 (186 mln so‘m), Ukrainada $20,000 (260 mln so‘m), Estoniyada esa $18,000 (234 mln so‘m)ni tashkil etadi. O‘zbekistonda esa bu miqdor 200 million so‘mgacha belgilangan bo‘lib, bu omonatchilarning 99,7% mablag‘larini to‘liq himoya qilish imkonini beradi. 

Bank tizimidagi barqarorlik mustahkamlanadi

Yangi qonun asosida Omonatlarni kafolatlash agentligi tashkil etiladi. Ushbu institut bank tizimining barqarorligini ta’minlash va omonatchilarning huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Moliya bozoridagi ishonch muhim omil hisoblanadi va yangi qonun aynan shu yo‘nalishda muhim qadam bo‘ladi. 

Avval qanday boʻlgan edi?

Avval banklardagi omonatlarning saqlanishi va qaytarilishi 2002-yilda qabul qilingan qonun asosida tartibga solingan edi. Ushbu qonun bo‘yicha faqat fuqarolar – jismoniy shaxslarning omonatlari kafolatlanib, yuridik shaxslar va tadbirkorlar bu himoyadan foydalana olmasdi.

Bundan tashqari, omonatlarni qaytarish muddati ancha uzoq – uch oydan keyin boshlanishi belgilangan edi. Bu esa mijozlar uchun noqulaylik tug‘dirgan. Qonunda fuqarolarning omonatlari to‘liq hajmda kafolatlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, amalda bu tizim to‘liq ishlamagan va omonatlarni qaytarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Jahon banki ekspertlari ushbu qonunni xalqaro mezonlar bilan solishtirib, uning bir qator kamchiliklarini aniqlab, isloh qilish zaruriyatini ta’kidlab o‘tgan edi.

Теги :
Jamiyat