$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoda oltin narxi rekordi yangilandi

oltin

Dunyoda oltin narxi tarixiy rekordini yangiladi. The Wall Street Journal nashri ma’lumotlariga qaraganda, so‘nggi kunlarda Xitoyning DeepSeek chat-boti tufayli AQSh fond bozorining texnologiya sohasida o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Natijada bu beqarorlik oltin narxining o‘zgaruvchanligiga ta’sir qilgan.

Oltin narxining ko‘tarilishiga qanday omillar ta’sir qilgan?

Amerikaning Comex birjasida oltin bir troya unsiya uchun 2850 dollardan oshdi. So‘nggi marta oltin narxi 2024-yil oktyabr oyida 2800 dollardan oshgandi. 

Reuters nashrining yozishicha, investorlar AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan savdo bojlari joriy etilishi xavfidan xavotirda. Bozor yaqinlashib kelayotgan muhim inflyatsiya hisobotini kutmoqda. Ushbu hisobot AQSh Federal zaxira tizimining kelajakdagi siyosatini baholashga yordam berishi mumkin.

Shuningdek, The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Xitoyning DeepSeek chat-boti muvaffaqiyati AQSh fond bozorida texnologiya sektorida o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Natijada bu beqarorlik oltin narxining o‘zgaruvchanligiga ta’sir qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2024-yilning 30-oktyabrida troya unsiyasining narxi tarixda birinchi marta 2800 dollardan oshgan. Tahlilchilar oltin qimmatlashishini AQShdagi saylovlar va dunyoda davom etayotgan Yaqin Sharq va Ukrainadagi vaziyat bilan yuzaga kelgan siyosiy noaniqlik bilan bog‘ladi.

Butunjahon miqyosida oltinga bo‘lgan talab

Butunjahon oltin kengashining (WGC) iyul oyidagi hisobotiga ko‘ra, 2024-yilning ikkinchi choragida jahon bo‘ylab oltin talabi o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga kamayib, 929 tonnani tashkil qilgan. Shunga qaramay, markaziy banklar oltin xarid qilishda davom etgan.

Eng yirik xaridorlar orasida Polsha Milliy banki (19 tonna), Hindiston Rezerv banki (19 tonna) va Turkiya Markaziy banki (15 tonna) bor. 

Oanda kompaniyasining katta tahlilchisi Kelvin Vongning prognoziga ko‘ra, oltin narxi asosan AQSh saylovlari natijalariga bog‘liq. Kelajakda uning bahosi 2826 dollar atrofida barqarorlashishi mumkin.