$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Muddatidan oldin qanday qilib talaba bo‘lish mumkin: iqtidorli abituriyentlar uchun noyob imkoniyat?

Rasm

Bugun yurtimizda yoshlar o‘zlariga berilayotgan e’tibor, ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, yuksak aql-idrok va intellektual salohiyatlarini namoyon qilgan holda yurt ravnaqi hamda vatan taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay dunyoning eng mashhur universiteti Garvardga mutlaq grant asosida talabalikka tavsiya etilayotgan yoshlar, shuningdek, muddatidan oldin bir necha universitetlar saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib yurtimizning dovrug‘ini dunyoga tanitayotgan yoshlar bunga yaqqol misoldir. Xo‘sh bu yoshlar qay tariqa bunday muvaffaqiyatga erishmoqdalar? O‘zbekistonda ham muddatidan oldin talaba bo‘lish mumkinmi? Shu haqida ushbu maqolada batafsil ma’lumot beramiz.

Muddatidan oldin qabul qilish tizimi qanday?

Talabalarni imtihonsiz muddatidan oldin qabul qilishni boshlab bergan xalqaro universitetlardan biri bu AQShning dunyoda TOP 6-o‘rinda turuvchi Stenford universiteti hisoblanadi. Stenford “Restrictive Early Action” qabul dasturini joriy qilgan, bu esa talabalarga odatdagi belgilangan vaqtdan oldinroq ariza topshirishga va universitetlarning odatiy qabul qilish muddatidan oldin qabul qilinishga imkon bergan. Muddatidan oldin qabul qilish jarayoni xalqaro imtihonlar natijalariga asoslangan va moslashuvchan qabul tizimi hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, talabalarni imtihonsiz muddatidan oldin qabul qilish tizimi global tarzda rivojlandi, ko‘plab universitetlar ushbu tizimdan keng miqyosda foydalanmoqdalar. Ushbu tizim asosan abituriyentlarning erishgan yutuqlari, maktab baholari hamda xalqaro sertifikatlariga (masalan, SAT, IB yoki International AS & A Levels) asoslanadi. Mazkur tizimdan dunyoning top universitetlari MIT, Garvard kabi mashhur universitetlar ham ko‘p yillardan beri foydalanib kelmoqdalar. Yurtimizda ham ushbu tizimdan keng qo‘llanilmoqda. Jumladan “Yangi O‘zbekiston” universitetida ham abituriyentlar TOP universitetlar tomonidan qo‘llanilib kelinayotgan mazkur qabul tizimi asosida muddatidan oldin o‘z o‘rinlarini band qilish imkoniga egadirlar.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida qanday qilib muddatidan oldin o‘z oʻqish joyini band qilish mumkin?

Xalqaro SAT, International Baccalaureate Diploma yoki International AS & A Levels sertifikatlarining matematika qismi ballari universitet saralash imtihoni natijalariga tenglashtirilgan bo‘lib, ushbu sertifikatlarning matematika qismidan tegishli ko‘rsatgichga ega abituriyentlar muddatidan oldin to‘lov-kontrakt yoki davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladilar. Masalan, xalqaro SAT sertifikatining matematika qismidan 780 ko‘rsatgichga ega abituriyent, universitet saralash imtihonida taqdim etiladigan 85%lik ko‘rsatgichga ega bo‘ladi va muddatidan oldin to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin. Bunda abituriyent o‘z xohishiga ko‘ra imtihondan ozod etiladi. O‘z natijasini yanada yuqori qilish istagida bo‘lgan abituriyentlar universitet saralash imtihonida qatnashish imkoniga egalar. Agar abituriyentning xalqaro sertifikat boʻyicha taqdim etilgan natijasi va u ishtirok etgan saralash imtihoni natijasi orasida farq yuzaga kelsa, yuqori natija “Yangi O‘zbekiston” universitetining Qabul komissiyasi tomonidan inobatga olinadi.

Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro sertifikatlarning tegishli ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan abituriyentlar hozircha faqatgina to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilishlari mumkin, xalqaro sertifikatlarning eng yuqori ko‘rsatgichiga (masalan, SAT sertifikatining matematika qismidan eng yuqori 800 ko‘rsatgichi) ega abituriyentlar bundan mustasno. Bunda, xalqaro sertifikatlarning eng yuqori ko‘rsatgichiga ega abituriyent, universitet saralash imtihonida taqdim etiladigan 100%lik ko‘rsatgichga ega bo‘ladi va muddatidan oldin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi. 

Kafolat to‘lovining ahamiyati

 “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘z o‘riningizni band qilishning muhim shartlaridan yana biri kafolat to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirish hisoblanadi. Kafolat toʻlovi – talabalikka tavsiya etilgan abituriyent tomonidan uning universitetda oʻqish joyini band qilish uchun joriy etilgan toʻlov hisoblanadi. Kafolat to‘lovi nafaqat mazkur oliygohda balki dunyoning mashhur universitetlarida joriy etilgan muddatidan oldin qabul qilinishning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.

Davlat grantlari va qo‘shimcha imkoniyatlar

“Yangi O‘zbekiston” universiteti cheklangan miqdordagi 1 va 4 yilllik davlat grantlarini taqdim etadi va ular belgilangan kvota asosida taqsimlanadi. Shuningdek, saralash imtihoni yakunlanib, barcha abituriyentlarning koʻrsatgichlari shakllantirilganidan soʻng, dastavval muddatidan oldin to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, belgilangan tartibda davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishlari ham mumkin.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti haqida

Dastavval universitet haqida qisqa ma’lumot berib o‘tamiz, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Respublika hududlarida tashkil etilgan prezident maktablarining uzviy davomi sifatida 2021-yil tashkil etilgan bo‘lib, universitetida 4 ta maktab, 4 ta markaz, 1 ta tadqiqot instituti, 12 ta departament mavjud bo‘lib, 9 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 10 ta magistratura mutaxassisligi, 9 ta tayanch doktorantura va 2 ta doktorantura ixtisosliklari bor. Shuningdek, universitet saralash imtihoni ta’lim sohasida, jumladan saralash imtihonlarini o‘tkazish borasida xalqaro tajribaga ega Kembrij universiteti bilan hamkorlikda ingliz tilida tashkil etiladi.

O‘quv dasturlari Yevropaning muhandislik sohalaridagi yetakchi universiteti TUM (Myunxen texnika universiteti – TOP 26-o‘rin) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayonlari to‘liq ingliz tilida olib borilib, darslar AQSH, Germaniya, Fransiya, Koreya kabi davlatlardan kelgan malakali xorijiy hamda dunyoning TOP 500talik universitetlarida faoliyat olib borgan mahoratli professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Ma’lumot uchun, universitet akademik xodimlarini ishga olish jarayonlari va ularni malakasini oshirish dunyoning 1-raqamli oliygohi AQSHning Massachusets texnologiya instituti (MIT) ishtirokida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, universitet xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etib, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etib kelmoqda.

Matematika qismidan tegishli ko‘rsatgichga ega ekanligingizni tasdiqlovchi qayd etilgan xalqaro sertifikatni qanchalik ertaroq topshirib, kafolat to‘lovini amalga oshirsangiz, “Yangi O‘zbekiston” universitetida muddatidan avval to‘lov-kontrakt yoki davlat granti asosida o‘qish joyini band qilish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Qabul talablari va jarayonlari haqida batafsil ma’lumotni “Yangi O‘zbekiston” universitetining rasmiy veb-saytidagi “Admission” bo‘limidan olishingiz mumkin.

Mamlakatdagi yetakchi davlat universitetlardan birida sifatli xalqaro darajadagi ta’lim olish va yangi avlod yetakchilari hamda innovatorlaridan biri bo‘lishdek ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


Reklama